Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi
24 may 2023, 19:56

Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi

Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. FES BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi
24 may 2023, 19:44

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi

Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Qozog‘iston Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi
24 may 2023, 19:02

Qozog‘iston Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.

Uzum ekotizimi to‘rtta “Yil brendi-2022” mukofotiga sazovor bo‘ldi
24 may 2023, 19:00

Uzum ekotizimi to‘rtta “Yil brendi-2022” mukofotiga sazovor bo‘ldi

“Yil brendi-2022” mukofoti doirasida Uzum ekotizimining brendlari to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi, ulardan ikkitasini Uzum Market marketpleysi yutib oldi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi
24 may 2023, 17:55

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi va 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Sammit yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdi.

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash masalasini muhokama qildi
24 may 2023, 17:37

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim markazi doirasida Singapur tajribasi joriy etiladi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Singapur prezidentlari tomonidan shu va boshqa mavzular muhokama qilindi.

Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
24 may 2023, 16:51

Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Olmazor tumanida 19 yoshli maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga ularning telefon talashishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qo‘qon pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatganlar jarimaga tortildi
24 may 2023, 16:24

Qo‘qon pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatganlar jarimaga tortildi

Qo‘qon davlat pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatilgani sababli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan prorektor (4,5 mln so‘m) va 3 xodimga (3 mln so‘mdan) jarima tayinlandi. Avvalroq ularning barchasi ishdan olingandi.

MSK xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuzilishini ma’lum qildi
24 may 2023, 15:44

MSK xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuzilishini ma’lum qildi

Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi uchun 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xususan, AQSh, BAA, Germaniya, Qirg‘iziston, Turkiyada — 2 tadan; Qozog‘iston va Xitoyda — 3 tadan; Rossiyada — 7 ta saylov uchastkalari tuziladi. Ular Toshkentdagi 14-okrugga biriktiriladi.

Olmaliqda Damas urib ketgan o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi
24 may 2023, 15:09

Olmaliqda Damas urib ketgan o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi

15-may kuni svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan Damas haydovchisi tomonidan urib ketilgan ikki o‘quvchi qizdan biri vafot etdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi qiz davolanmoqda va yaqin orada uyiga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda gaz, elektr va ko‘mir qazib olish 2022-yilgi ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda
24 may 2023, 15:07

O‘zbekistonda gaz, elektr va ko‘mir qazib olish 2022-yilgi ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.

Foto: Singapur prezidentini kutib olish marosimi
24 may 2023, 14:34

Foto: Singapur prezidentini kutib olish marosimi

24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yaqubni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarga vals tushish taqiqlanmagan — vazirlik
24 may 2023, 13:09

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarga vals tushish taqiqlanmagan — vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida maktablarda vals tushish taqiqlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik bu qarorni maktab ma’muriyatlarining o‘zlari qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

Ostonada Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha tender: Dastlabki noqonuniy tender g‘olibi yana yutib chiqdi
24 may 2023, 11:09

Ostonada Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha tender: Dastlabki noqonuniy tender g‘olibi yana yutib chiqdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Alisher Navoiy haykalini Ostona shahrida o‘rnatishga oid tenderni qaytadan o‘tkazdi. Unda ilk tenderda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgan kompaniya yana yutib chiqdi. Antikorrupsiya agentligi birinchi tenderda manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa qonunbuzarliklarni aniqlagandi.

Samarqanddagi buzilishi belgilangan 12 qavatli binoda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi
24 may 2023, 11:08

Samarqanddagi buzilishi belgilangan 12 qavatli binoda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi

Samarqand tumanida 10 yil davomida noqonuniy qurib kelingan 12 qavatli binoni 2022-yilda seysmik holati va boshqa talablarga javob bermagani uchun buzish bo‘yicha sud qarori berilgan. Shunga qaramay, u yerda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi va MIBga qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha xat yo‘llandi.

Banklar 24-may kuni dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 485 so‘m etib belgiladi
24 may 2023, 09:55

Banklar 24-may kuni dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 485 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 24-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 485 so‘m.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi ayrim joylarida sel kelishi mumkin
24 may 2023, 09:36

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi ayrim joylarida sel kelishi mumkin

24−26-may kunlari respublikaning tog‘li va Qirg‘iziston hamda Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi.

Namanganda meteorologik radiolokator o‘rnatildi
24 may 2023, 09:19

Namanganda meteorologik radiolokator o‘rnatildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 200 km radiusdagi ob-havo hodisalari haqida ma’lumot beruvchi meteorologik radiolokator ishga tushirildi. O‘tgan yili xuddi shunday lokator Buxoro viloyatida ham o‘rnatilgandi. Bu qurilmalar O‘zbekistonda yerusti meteorologik radarlarining yagona tarmog‘ini yaratadi.

Universitetlardagi #PET2NATUREUZ ekochellenji: Talabalar kanday fikrda?
24 may 2023, 09:00

Universitetlardagi #PET2NATUREUZ ekochellenji: Talabalar kanday fikrda?

Webster, TDIU va JIDU oliygohlari talabalari hamda Coca-Cola chellenji faol ishtirokchilari o‘zlarining eko-kun tartibiga munosabatlari, plastikni qayta ishlashning ahamiyati va ijtimoiy faol kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash haqida so‘zlab berishdi.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi
24 may 2023, 08:09

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol o‘tkazib yuborgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi. Guruhda Argentina peshqadamlik qilmoqda, O‘zbekiston esa 3-o‘rinda bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting