Diniy qo‘mita O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxatini e’lon qildi
19 may 2023, 11:05

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxatini e’lon qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida havo ochiq bo‘ladi
19 may 2023, 10:51

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida havo ochiq bo‘ladi

Shanba kuni faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. 21-mayda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Kunduzgi harorat ko‘tarilib, +31…+33 darajani tashkil etadi.

“Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi
19 may 2023, 10:17

“Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi

Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo — Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi. Shu bilan Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi.

Banklarda dollar kursi qatorsiga uchinchi kun ko‘tarildi
19 may 2023, 09:59

Banklarda dollar kursi qatorsiga uchinchi kun ko‘tarildi

Tijorat banklari 19-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 430 — 11 475 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 510 — 11 545 so‘m.

O‘zbekistonda YTTB mablag‘lari asosida 15 ta maktab quriladi
19 may 2023, 09:47

O‘zbekistonda YTTB mablag‘lari asosida 15 ta maktab quriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida 15 ta maktab qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Loyihaning kapital qiymati 55−75 mln dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi
19 may 2023, 09:12

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalari soxta dushmanni razvedka qilish va uni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar davomida olovli qo‘llab-quvvatlov guruhida yengil zirhlangan avtomobillar, jangovar vertolyotlardan foydalanildi.

Andijonda o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi
18 may 2023, 23:21

Andijonda o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi

Andijonda tibbiyot fakulteti talabasi — Hindiston fuqarosi turmush qurish taklifini rad etganidan so‘ng o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi.

18-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 may 2023, 22:00

18-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyev muzokaralari, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi 41 ta hamkorlik hujjati, maktabda o‘quvchini tishlab olgan ilon, Ozarbayjonda 3 ta konni o‘zlashtirishni rejalashtirayotgan “O‘zbekneftgaz”, Boku portida terminal ochadigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Alisher Sultanov prezident maslahatchisi etib tayinlangan
18 may 2023, 21:40

Alisher Sultanov prezident maslahatchisi etib tayinlangan

Sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov O‘zbekiston prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston va Xitoy vakillari o‘rtasida 41 ta hamkorlik hujjati imzolandi
18 may 2023, 21:04

O‘zbekiston va Xitoy vakillari o‘rtasida 41 ta hamkorlik hujjati imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy rahbari 2023−2027-yillarga mo‘ljallangan ikki davlat o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildi. Ular ishtirokida davlat organlari va kompaniyalar o‘rtasida ham qator hujjatlar imzolandi.

Yaqin besh yilda Yer sayyorasida harorat rekord darajaga chiqishi kutilmoqda — Butunjahon meteorologiya tashkiloti
18 may 2023, 20:45

Yaqin besh yilda Yer sayyorasida harorat rekord darajaga chiqishi kutilmoqda — Butunjahon meteorologiya tashkiloti

Kelgusi besh yil issiqxona gazlari chiqindilari va El-Nino tabiiy hodisasi tufayli rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirmoqda Butunjahon meteorologiya tashkiloti.

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Sianda investitsiya loyihalari va savdo hajmini oshirishni muhokama qildi
18 may 2023, 20:20

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Sianda investitsiya loyihalari va savdo hajmini oshirishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurash tajribasini mamlakatda tatbiq etish, qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, quyosh panellar ishlab chiqarish, elektromobil zavodlarini ishga tushirishdagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qildi.

Toshkentdagi maktablardan birining binosida o‘quvchini ilon tishlab oldi
18 may 2023, 19:46

Toshkentdagi maktablardan birining binosida o‘quvchini ilon tishlab oldi

Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.

“O‘zbekneftgaz” 2024-yilda Ozarbayjonda uchta konni o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda
18 may 2023, 19:34

“O‘zbekneftgaz” 2024-yilda Ozarbayjonda uchta konni o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda

“O‘zbekneftgaz” SOCAR bilan birgalikda 2024-yilda Ozarbayjonda uchta uglevodorod konini o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda. SOCAR`ning esa O‘zbekistondagi qidiruv ishlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Qariyb 2 trln so‘mlik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov bekor qilindi. Sabablar
18 may 2023, 16:00

Qariyb 2 trln so‘mlik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov bekor qilindi. Sabablar

Energetika vazirligi quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov natijasi bekor qilinganini bildirdi. Qariyb 2 trln so‘mlik tanlovning barcha — 6 ta lotida ikkita kompaniya g‘olib chiqqan. Tanlov noto‘g‘ri tashkil etilgani uchun energetika vaziri ichki tekshiruv e’lon qildi.

O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda
18 may 2023, 15:59

O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda. Hozirda tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Ukraina va Rossiyaning “don bitimi” ikki oyga uzaytirildi
18 may 2023, 15:57

Ukraina va Rossiyaning “don bitimi” ikki oyga uzaytirildi

Ukraina donini Qora dengiz portlaridan olib chiqish bo‘yicha bitim yana 60 kunga uzaytirildi. Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT tomonidan tuzilgan bitimning amal qilish muddati 18-mayda tugadi.

Fuqarolarning bank kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olgan shaxslar ushlandi
18 may 2023, 15:21

Fuqarolarning bank kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olgan shaxslar ushlandi

IIV Kiberxavfsizlik markazi o‘zini Slick to‘lov tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olgan bir necha shaxsni aniqladi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
18 may 2023, 15:15

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov qozog‘istonlik hamkasbi Ruslan Jaqsiliqovni qabul qildi. Tomonlar harbiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirishdi va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

O‘zbekistondagi muzey va ko‘rgazmalarga onlayn sayohat
18 may 2023, 13:38

O‘zbekistondagi muzey va ko‘rgazmalarga onlayn sayohat

“Gazeta.uz” respublikada mavjud memorial muzeylar haqida ko‘plab maqola va fotoreportajlar tayyorlagan. 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tahririyat ana shu tarixiy manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting