Prezidentning 31-may kuni imzolagan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish borasidagi farmoni bilan hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinadi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Hujjat bilan, 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi.

2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.

2025-yil yakunigacha esa respublika hududi bo‘yicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.