O‘zbekistonlik hunarmandlar birinchi marta Homo Faber ma’lumotnomasiga kiritildi
1 iyun 2023, 10:18

O‘zbekistonlik hunarmandlar birinchi marta Homo Faber ma’lumotnomasiga kiritildi

O‘zbekistonning 11 nafar hunarmandi jahonga mashhur Homo Faber ma’lumotnomasiga kiritildi. U Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn platforma bo‘lib, Yevropa va undan tashqarida hunarmandchilikning zamonaviy rivojlanishi bilan bog‘liq tajribalarni taqdim etadi.

“Sevilya” “Roma”ni mag‘lub etib, 7-marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi
1 iyun 2023, 10:07

“Sevilya” “Roma”ni mag‘lub etib, 7-marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Vengriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” jamoasi penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga 7-marta ushbu kubokka ega chiqdi. Ispan klubi bu bilan Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto).

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi deyarli o‘zgarmadi
1 iyun 2023, 09:57

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi deyarli o‘zgarmadi

Tijorat banklari 1-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 345 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 410 — 11 465 so‘m.

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
1 iyun 2023, 09:33

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Uchtepa tumanida yuk mashinasi va 7 ta yengil avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketildi.

O‘zbekiston Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganidan xavotir bildirdi
1 iyun 2023, 09:18

O‘zbekiston Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreya tomonidan kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. Vazirlik ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortish tarafdori ekanini qayd etdi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
1 iyun 2023, 09:10

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi

Payshanba tongida Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Namangan viloyatida sezildi va 2−3 ballni tashkil etdi.

Kontrafakt shokolad ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi
31 may 2023, 23:01

Kontrafakt shokolad ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

Strikers, Maris va Bonti shokolat batonchiklarini ishlab chiqaruvchisi o‘zganing savdo belgisidan noqonuniy foydalanish moddasi bo‘yicha jarimaga tortildi.

31-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 may 2023, 22:00

31-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qullagan “Milliy tiklanish” partiyasi, Toshkent xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantirilishini aytgan yangi poytaxt hokimi, ta’limdagi yangiliklar, Surxondaryodagi yong‘in, sun’iy intellekt texnologiyalarinin xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
31 may 2023, 21:24

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi

Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.

Qozog‘istonda Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda
31 may 2023, 19:50

Qozog‘istonda Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Qozog‘iston Jinoyat kodeksidan mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalarni chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda.

Qashqadaryoda 20 yoshli yigit tortishuv sababli 25 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi
31 may 2023, 18:03

Qashqadaryoda 20 yoshli yigit tortishuv sababli 25 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi

Kitob tumanida 20 yoshli yigit o‘zaro tortishuv sababli 25 yoshli yigitni qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov olib borilmoqda.

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
31 may 2023, 17:42

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

1-iyundan boshlab Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi.

“Milliy tiklanish” partiyasi prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi
31 may 2023, 17:40

“Milliy tiklanish” partiyasi prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi

“Milliy tiklanish” partiyasi muddatidan oldingi prezidentlik saylovida O‘zLiDeP tomonidan ko‘rsatilgan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi. “Buni davlat, xalq va partiyaning manfaatlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman”, — dedi partiya yetakchisi Alisher Qodirov.

Qashqadaryodagi nurayotgan qadimiy “Namozgoh” masjidi 2023-yilda restavratsiya qilinadi
31 may 2023, 17:21

Qashqadaryodagi nurayotgan qadimiy “Namozgoh” masjidi 2023-yilda restavratsiya qilinadi

Kasbi tumanidagi XIV asrga tegishli “Namozgoh” masjidi nurab borayotgani, ammo hech qanday chora ko‘rilmayotgani tanqid qilingandi. Madaniy meros agentligi o‘rganishlardan so‘ng yodgorlik 2023-yilgi restavratsiya rejasiga kiritilganini bildirdi.

Sun’iy intellekt yaratuvchilari o‘z texnologiyalari xavfliligi haqida ogohlantirdi
31 may 2023, 17:18

Sun’iy intellekt yaratuvchilari o‘z texnologiyalari xavfliligi haqida ogohlantirdi

OpenAI va Google DeepMind kabi texnologik kompaniyalarning bir guruh olimlari va rahbarlari o‘z texnologiyalari xavfini pandemiya hamda yadro urushiga qiyosladilar va insoniyatning “yo‘q bo‘lib ketish xavfi” haqida ogohlantirdilar.

Buxoroda yigit futbol paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi
31 may 2023, 16:23

Buxoroda yigit futbol paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi

Kogon tumanida 21 yoshli yigit futbol o‘yini paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida xodimlarga nega ustama to‘langani tushuntirildi
31 may 2023, 16:17

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida xodimlarga nega ustama to‘langani tushuntirildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xalq deputatlari mahalliy kengashi qarori bilan hokimlik, jumladan, hokim va kengash devoni xodimlarining aprel oyi uchun maoshlariga ustama sifatida 306,2 million so‘m ajratildi. Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq xodimga ustama tayinlangan.

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi
31 may 2023, 15:56

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi

Bektemir tumanida Cobalt haydovchisi to‘xtab turgan “Jiguli”ga to‘qnashib, yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri kasalxonada vafot etdi.

Toshkentda 11 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
31 may 2023, 15:54

Toshkentda 11 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashib, uning salonidagi 11 yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan Lacetti haydovchisi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Buxoroda erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qildi
31 may 2023, 14:58

Buxoroda erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qildi

Romitan tumanida 58 yoshli erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qilgani, bu xizmati evaziga 90 ming so‘m olgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting