Wonder Women xalqaro hamjamiyati Kotex brendi bilan birgalikda O‘zbekiston va Qozog‘istonda “Demak, men ham qila olaman!” shiori ostida ayollarni qo‘llab-quvvatlash kampaniyasini amalga oshirmoqda. Wonder Women asoschisi Rada Islamova muvaffaqiyatli va kengayib borayotgan loyiha, uning individual, institutsional va mamlakat darajasidagi afzalliklari hamda global missiyasi haqida gapirib berdi.

Wonder Womyen hamjamiyati xaqida

Hozirgi kunda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ayollarning har tomonlama rivojlanishi va martaba pog‘onasidan ko‘tarilishlari uchun ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Mentorlik dasturlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘quv kurslari va xotin-qizlar uchun IT`dagi akseleratorlar bunga yaqqol misoldir. Biroq, biron ishga qo‘l urish uchun ayollarda ko‘pincha o‘ziga ishonch va jur’at yetishmaydi. Va bunday hollarda xuddi shu yo‘ldan ketgan va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan boshqa ayollar yordamga kelishadi.

Wonder Womyen xalqaro hamjamiyati aynan shuni maqsad qilib qo‘ygan. Uning asoschisi Rada Islamova 2020-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi “opa-singil” muhitida birlashtirishga qaror qildi.

wonder women, рyeклама

Wonder Womyen hamjamiyatining missiyasi quyidagicha: “Biz xotin-qizlarni birlashtirib, ilhomdan harakatga o‘tishga yordam beramiz”.

Jamiyatning eng muhim loyihalaridan biri — bu Wonder Womyen Mentorship mentorlik dasturi. U butun dunyo bo‘ylab xotin-qizlarning maqomi, yutuqlari va yashash joyidan qat’i nazar kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga, ularni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

“Dasturning iqtisodiy rivojlanishdagi muvaffaqiyati va zaruriyati quyidagi raqamlar bilan tasdiqlanadi: har uch bitiruvchidan ikkitasi shaxsiy daromadlarini o‘rtacha 245% ga oshirdi va ular ishlayotgan kompaniyalar xodimlarining o‘zgarishi va egallangan kasbiy mahorat hamda bilimlarni qo‘llashi hisobiga o‘z daromadlarini ¾ ga oshirdi. Va bu, tushunganingizdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shilgan hissadir”, — dedi Rada Islamova.

Bundan tashqari, Wonder Women Talks oflayn uchrashuvlari o‘tkaziladi va yaqinda Wonder Women Community obunasi yo‘lga qo‘yildi. Bu dasturning istalgan bitiruvchisiga unda qolish va zarur bo‘lganda doimiy va har tomonlama ko‘mak olish imkonini beradi.

“Butun faoliyatimizdan maqsad ulashish mumkin bo‘lgan amaliy, kasbiy va hayotiy tajriba atrofida insonlarni birlashtirishdir. Va bu yerda biz nafaqat biznesdagi ayollar, balki yollanma ishchilar yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadiganlarni ham ko‘zda tutamiz. Natijada har bir ayol o‘zi uchun qulay formatni tanlab, aynan o‘ziga kerak bo‘lgan yordamni olishga muyassar bo‘ladi”, — dedi Wonder Women asoschisi.

wonder women, рyeклама

Erishilgan muvaffaqiyat xaqida

Rada Islamova so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Wonder Women hamjamiyati 40 ta mamlakat va 140 ta shahardan 10 mingdan ziyod xotin-qizlarni birlashtirdi va bunda asosiy e’tibor Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratildi.

“Oxirgi ikki yil ichida Wonder Women BMT bilan hamkorlikda beshta, Qozog‘istondagi yirik brendlar bilan to‘rtta va O‘zbekistonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bitta loyihani amalga oshirdi hamda ularga IT Park Uzbekistan tomonidan Tumaris.Tech bosh hamkori bo‘ldi”, — deb o‘rtoqlashdi Rada Islamova.

Rada Islamova hamjamiyatdagi ayollarning ba’zi shaxsiy yutuqlarida alohida to‘xtab o‘tdi.

“Bizga IT-mutaxassis Benazir (Qozog‘iston) murojaat qildi, u Apple`ning sertifikat olish dasturidan foydalanishni juda istardi, ammo jur’ati yetmayotgandi. Wonder Women mentorlik dasturidan o‘tib, u nafaqat dastur ishtirokchilari safiga kirdi, balki uni muvaffaqiyatli tugatdi va dunyodagi eng yosh va Qozog‘istonda bunday sertifikat olgan yagona qizga aylandi”, — dedi u.

“Demak, men ham qila olaman!” kampaniyasi xaqida

Ayni paytda Wonder Woman hamjamiyati Kotyex brendi O‘zbekiston va Qozog‘istonda qo‘llab-quvvatlagan yirik loyihani amalga oshirmoqda. Uninig shiori — “Demak, men ham qila olaman!”.

Loyihaning asosiy maqsadi — xotin-qizlarning hayotiy misollari orqali o‘zlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlar doimo borligini ko‘rsatib berishdir. Bunda asosiysi qo‘rqmaslik, dadillik va harakatda bo‘lishdir, chunki natijaga — faqat intilish bo‘lgan joyda erishiladi. Turli stereotiplar esa yo‘lga to‘g‘anoq bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekistonda “Odamlar nima deydi?” videoloyihasi orqali xotin-qizlar karerasi atrofida tarqalgan stereotiplar haqida so‘z yuritiladi. Uch nafar qahramon ayol o‘z misolida platformalaridagi video tarixlarida ayol kishi xohishini boshqalarning fikridan qo‘rqmay qanday ro‘yobga chiqarishi mumkinligini gapirib beradi.

Ular Samira Latipova — O‘zbekistondagi yirik oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Yexrress24`da Product Owner, Nargiza Alikulova — uch farzandning onasi, ijodkor shaxs va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasining matbuot kotibi, Maftuna Axadova — Toshkentdagi Impact.T Technology Hub, IT-xab va kovorking boshqaruvchisi.

Maxsus loyihaning boshqa qismi — “Ne solidno” (“Savlatli emas”) mavzusini Markaziy Osiyoning Spring Media nashrida yoritish. Unda o‘z kasbida hamma kabi, masalan, ofisda o‘tirib qilinadigan ishni emas, balki ijodiy yo‘nalishlarni tanlagan ayollar haqida co‘z olib boriladi. Asosiy g‘oya shundaki, agar inson chindan ham o‘zini ijobat qilishni istagan sohani tanlasa, unda albatta niyatiga erishadi. Bu yerda gap yana o‘z yo‘lidan ketishda (garchi boshqalarning xohishiga mos kelmasada) kerak bo‘ladigan jasurlik haqida ketadi.

Loyihaning davomi — O‘zbekistonning nufuzli davlat oliygohlarida Wonder Women Talks (ommaviy ma’ruzalar) seriyasi taqdim etilishi. Mamlakatdagi yuqori natijalarga erishgan ayollar, fikrlar tashabbuskorlari Wonder Women vakillari bilan talaba qizlar uchun o‘tkazilayotgan uchrashuvlarga tashrif buyurdi.

Wonder Women Talks Farg‘ona va Samarqand davlat universitetlarida bo‘lib o‘tdi. U yerda inson huquqlari bo‘yicha yurist va huquq himoyachisi Dilfuza Kuralova va Amerika savdo palatasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Tatyana Bistrushkina so‘zga chiqdilar.

wonder women, рyeклама

“Universitet xotin-qizlarining yonayotgan ko‘zlarini ko‘rish tengsiz baxtdir. Va har safar tadbir oxirida qizlar bizni uzoq vaqt qo‘yib yubormaydilar, ular gaplashishni, maslahat va yordam olishni xohlashadi. Bunday lahzalarda men qilayotgan ishimiz qanchalik muhimligini, biz ayollar orasida „opa-singillik“ muhitiga talab qanchalik yuqori ekanligini his qilaman”, — dedi Rada Islamova.

31-may kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazilat Kadirova va Osiyo taraqqiyot banki matbuot kotibi Nargiza Alikulova o‘zlarining ilhomlantiruvchi ma’ruzalari bilan o‘rtoqlashadilar. Loyiha doirasida Markaziy Osiyodagi ayollar uchun yirik ommaviy axborot vositaci — Manshuq Media`da material tayyorlanadi.

wonder women, рyeклама

Wonder Women global missiyasi

“Men va mening jamoam uchun Markaziy Osiyoda xotin-qizlarni o‘qitish, ilhomlantirish va o‘rgatish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish juda muhimdir. Strategik jihatdan kasbiy shakllangan va rivojlanishga intilayotgan ayol bugungi kunda jamiyat uchun juda muhim. Bu haqida doimo va baralla gapirish kerak. Yorqin misollarni ko‘rsatish ayollarni hayotida turli dadil harakatlarni bajarishga undaydi, ilhomlantiradi”, — dedi Wonder Women asoschisi.

“Mintaqada ayollarning rivojlanishi va o‘zini o‘zi anglashi qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini tushunadigan kompaniyalar borligidan xursandmiz, — Rada Islamova. — Va ular bizning g‘oyalarimizni onlayn va oflayn loyihalar formatida amalga oshirish uchun o‘z resurslarini taklif qilishganda, biz mamnuniyat bilan rozi bo‘lamiz. Qo‘shimcha sifatida aytamanki, biz Wonder Women auditoriyasi bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatdik. So‘nggi ikki yil ichida turli mamlakatlardan kelgan minglab ayollar bilan suhbatlashib, ularni nima qiynayotgani, nima yetishmayotganini tushunib yetmoqdamiz”.

wonder women, рyeклама

Bu kabi maxsus loyihalar orqali xotin-qizlarni chindan o‘ylantiradigan va o‘z tafakkurini o‘zgartirishga qaratilgan mavzularni ko‘tarishga va harakatga chorlashga yordam beradi.

Reklama.