TBC Bank Payme to‘lov xizmatidagi qolgan 49 foiz ulushni 55,7 mln dollarga sotib oldi
23 may 2023, 22:09

TBC Bank Payme to‘lov xizmatidagi qolgan 49 foiz ulushni 55,7 mln dollarga sotib oldi

Gruziyaning TBC Bank Group banklar guruhi Payme to‘lov xizmatining 100 foizlik ulushi egasiga aylandi. Kompaniya 113,6 mln dollarga baholangan holda 49 foiz ulush 55,7 mln dollarga xarid qilindi.

23-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 may 2023, 22:00

23-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xorazmda haydovchilarga ta’zim qilib yo‘ldan o‘tadigan bolalar, 25 yoshgacha bo‘lganlarga 5 yilga berilayotgan “zagran” pasport, Paynet`dan naqd pul yechib olish tizimi, Umra uchun fuqarolarning 1,6 mlrd so‘mini onlayn qimorga tikib yuborgan Diniy qo‘mita mutaxassisi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi
23 may 2023, 21:25

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi

Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular Ostonadan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oddiy reysida uchishdi.

O‘zbekiston Markaziy banki avtokreditlar xavfini yangicha usulda o‘lchashni taklif qildi
23 may 2023, 21:05

O‘zbekiston Markaziy banki avtokreditlar xavfini yangicha usulda o‘lchashni taklif qildi

MB avtokreditlar hajmi keskin o‘sgani, banklar kredit portfelida bunday kreditlar konsentratsiyasi oshgani sababli tavakkalchilik darajasini o‘lchashning yangi usulini taklif qildi. MBning amaldagi va avvalgi rahbariyati banklar avtomobil uchun kredit olish xavfini sezmayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Quyosh qizdiradi — chegirmalar oshaveradi: Uzum Market yozgi mavsumiy chegirmalarni e’lon qildi
23 may 2023, 19:00

Quyosh qizdiradi — chegirmalar oshaveradi: Uzum Market yozgi mavsumiy chegirmalarni e’lon qildi

23-maydan 30-iyunga qadar Uzum Market`da barcha turdagi tovarlarni 70% gacha chegirmalar bilan sotib olish imkoniyati bo‘ladi. Shuningdek, marketpleysda halol kechiktirib to‘lash imkoniyati mavjud.

RF Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatida 70 dan ortiq diversant yo‘q qilinganini bildirdi
23 may 2023, 18:52

RF Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatida 70 dan ortiq diversant yo‘q qilinganini bildirdi

Belgorod viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida diversantlar tuzilmalari qurshab olinib, tor-mor etildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekistonda YeIning Inter Pares global dasturi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi
23 may 2023, 17:06

O‘zbekistonda YeIning Inter Pares global dasturi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi

Toshkentda Yevropa Ittifoqining parlamentarizmni mustahkamlash bo‘yicha global dasturi — Inter Pares bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. “Anjuman yakunlari bo‘yicha parlament salohiyatini yanada rivojlantirish va rolini kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalar ishlab chiqiladi”, — dedi Tanzila Narbayeva.

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi
23 may 2023, 16:56

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi

Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi
23 may 2023, 16:49

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi. Qo‘shma bayonotda tomonlar qurilishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi qayd etilgan.

Xorazmda bolalarga qo‘lni ko‘targancha yo‘ldan o‘tish va haydovchilarga minnatdorlik bildirish o‘rgatiladi
23 may 2023, 16:10

Xorazmda bolalarga qo‘lni ko‘targancha yo‘ldan o‘tish va haydovchilarga minnatdorlik bildirish o‘rgatiladi

Xorazm YHXB “ilg‘or mamlakatlar tajribasi” asosida bolalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olishning yangi usulini taklif qildi. Unga ko‘ra, o‘tish joylaridan oldin STOP belgisi chiziladi. O‘quvchilar qo‘llarini ko‘tarib, yo‘lni kesib o‘tadi va minnatdorlik belgisi sifatida haydovchilarga ta’zim qiladi.

Biznesga internet reklamalari uchun to‘lovni xorijiy valyutadagi korporativ karta orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi
23 may 2023, 14:30

Biznesga internet reklamalari uchun to‘lovni xorijiy valyutadagi korporativ karta orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan yuridik shaxslar xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish uchun to‘lovni chet el valyutasidagi korporativ kartalar orqali amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda xarajatlar chegarasi belgilab qo‘yilgan.

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi
23 may 2023, 14:11

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi

Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Tojikiston bilan aviatsiya bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi
23 may 2023, 12:50

O‘zbekiston Tojikiston bilan aviatsiya bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Tojikiston bilan fors-major holatlarda davlat havo hududlarini qisqa muddatli kesib o‘tish, aerodromlardan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi bitimni ratifikatsiya qildi.

Paynet orqali ham naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi
23 may 2023, 11:58

Paynet orqali ham naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi

1-iyundan Paynet orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida ishga tushiriladi. Sinov muddati 2023-yilning dekabr oyigacha davom etadi.

Samarqandda voyaga yetmagan haydovchi 52 yoshli erkakni urib yubordi
23 may 2023, 11:55

Samarqandda voyaga yetmagan haydovchi 52 yoshli erkakni urib yubordi

Samarqand shahrida otasining mashinasini haydab ketayotgan 16 yoshli o‘smir tezlikni oshirib, yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekistonga to‘rt oy davomida 2 milliondan ortiq sayyoh keldi
23 may 2023, 10:39

O‘zbekistonga to‘rt oy davomida 2 milliondan ortiq sayyoh keldi

2023-yilning to‘rt oyida O‘zbekistonga 2 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turistlarning asosiy qismi qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi
23 may 2023, 10:23

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.

Banklarda dollar kursi tushdi
23 may 2023, 10:15

Banklarda dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 23-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470 — 11 520 so‘m.

25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilmoqda
23 may 2023, 09:48

25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilmoqda

25 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari bu 16 yoshni tashkil etgan. Bu bo‘yicha prezident farmoni bir yil avval qabul qilingan bo‘lsa-da, bu haqda jamoatchilikka keng ma’lumot berilmagan.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 may 2023, 09:19

Qoraqalpog‘istonda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchilaridan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting