2022-yilning kuzida Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev va uning ikki o‘rinbosari, qolaversa, yana bir qancha mansabdorlarga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. “Gazeta.uz”ning maxsus muxbiri Abror Qurbonmuratovning ma’lum qilishicha, JIB Termiz shahar sudi mazkur ishni ko‘rishni 15-martda boshlagan.

Jinoyat ishi doirasida jami 18 nafar ayblanuvchi hamda 200 nafarga yaqin javrblanuvchi va guvohlar ishtirok etmoqda. Mazkur ma’lumotlarni “Gazeta.uz”ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ham tasdiqladi va ish hajmi kattaligi sababli 26-may kuni ishni ko‘rish muddatini 4 oyga uzaytirish haqida ajrim chiqarildi.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 25,167, 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (Firibgarlik), 184 (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 28,205, 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 28,209, 209 (Mansab soxtakorligi), 210 (Pora olish) va 229−4-moddalarida (Yer berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Gumondorlar orasida Termiz hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Elamanov, hokimning qurilish masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Shuhrat Rahmonqulov va sobiq shahar bosh arxitektori Bobur Ergashev ham bor.

Bundan tashqari, “Yashil dunyo” bozori sobiq rahbari Sh.To‘xtayev va bozor hisobchisi Bahodir Bobomuratov ishga jalb qilingan.

Sud jarayonlari ochiq tarzda o‘tayotgani aytilmoqda.

исроил худойбердиев, talon-torojликлар, термиз, термиз sobiq hokimi, ўзлаштирishлар

“Yashil dunyo” savdo majmuasi. Foto: Abror Qurbonmuratov / “Gazeta.uz”.

Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” o‘tgan yilning oktabr oyi oxirlarida Termiz sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hisbga olingani haqida yozgach, Bosh prokuratura mansabdorlar davlat va jamiyatga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazganini ma’lum qilgandi.

“Gazeta.uz” surishtiruvi davrida mansabdorlar mazkur pullarni “Yashil dunyo” savdo majmuasi qurilishi davrida o‘zlashtirganini aniqlagandi. Buni sobiq hokimning advokati ham tasdiqlab, pullar shahardagi ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etishga sarflanganini ta’kidlagandi.