Banklarda dollarning sotuv kursi 11 580 so‘mgacha ko‘tarildi
3 iyul 2023, 10:02

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 580 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 3-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 465−11 510 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 540−11 580 so‘m.

Poytaxtning 2 tumanidagi ayrim ko‘chalarda elektr vaqtincha o‘chirildi
3 iyul 2023, 09:34

Poytaxtning 2 tumanidagi ayrim ko‘chalarda elektr vaqtincha o‘chirildi

Dushanba kuni Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasidan vaqtincha uzildi.

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan ikki yigitning jasadi topildi
2 iyul 2023, 18:37

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan ikki yigitning jasadi topildi

Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadlari topildi. Ular konga ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun noqonuniy kirgani aytilmoqda. Yigitlarni yerosti o‘ziyurar mashina operatori bosib o‘tgan bo‘lishi mumkin.

1-iyuldan 2010−2012-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari o‘z kuchini yo‘qotdi
2 iyul 2023, 15:08

1-iyuldan 2010−2012-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari o‘z kuchini yo‘qotdi

30-iyun kuni O‘zbekistonda 2010−2012-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari va “texpasport”larning amal qilish muddati tugadi. Shu bois 1-iyuldan eski hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ularni YHXB bo‘linmalari, Davlat xizmatlari markazlari yoki internet orqali yangisiga almashtirish mumkin.

Iyunda yillik inflyatsiya 2016-yil avgustidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi
2 iyul 2023, 13:43

Iyunda yillik inflyatsiya 2016-yil avgustidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi

Iyunda O‘zbekistonda deflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya 2016-yil avgust oyidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi. Oxirgi oyda guruch, go‘sht va sut qimmatlashdi, deyarli barcha sabzavot va mevalar, shuningdek, un, tuxum, sariyog‘ va shakar arzonlashdi. Benzin ham qimmatlashdi. Hududlarda palov narxi oshdi.

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi
2 iyul 2023, 13:39

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida rejali ta’mirlash ishlari tufayli “O‘zbekneftgaz” korxonalarida benzin ishlab chiqarish 71,3 foizga qamaydi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan oshirishini qayd etdi. “Gazeta.uz” yil boshidan buyon benzin ishlab chiqarish bir necha bor pasayganini yozgandi.

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi
2 iyul 2023, 09:38

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi

2-iyul kuni soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati bo‘lib o‘tadi. U davlat boshqaruvi tizimi va sud-huquq sohasini rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi
2 iyul 2023, 09:08

Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining gazni qayta ishlash va gaz-kimyo departamentini boshqarib kelayotgan Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodiga direktor etib tayinlandi.

Asakadagi UzAuto Motors zavodi faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatildi
2 iyul 2023, 09:03

Asakadagi UzAuto Motors zavodi faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatildi

Asakadagi avtomobil zavodi rejali modernizatsiya ishlari sababli faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ma’lum qilinishicha, zavod Cobalt modelini ishlab chiqarishni yiliga 30 mingtaga oshiradi. UzAuto Motors bu ish avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirdi.

Prezident 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansamblini taqdirladi
2 iyul 2023, 08:37

Prezident 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansamblini taqdirladi

Prezident farmoni bilan 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansambli a’zolari Farrux Zokirov, Abbos Aliyev, Javlon Toxtayev, Timur Xalikov va Igor Xalikov ordenlar bilan taqdirlandi.

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi
1 iyul 2023, 18:03

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi

Taniqli jurnalist va yozuvchi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 20 dan ortiq kitob, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “Paxtakor-79” va boshqalarni yozgan. Yuzlab maqolalari chop etilgan.

Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Marion Biotech siroplariga sanoat propilenglikoli qo‘shilgan bo‘lishi mumkin
1 iyul 2023, 15:47

Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Marion Biotech siroplariga sanoat propilenglikoli qo‘shilgan bo‘lishi mumkin

Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi o‘z mahsulotlarida yuvish vositalari, antifriz, bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlarda qo‘llanadigan zaharli modda — sanoat propilenglikolidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Mazkur kompaniya dorilari avvalroq O‘zbekistonda kamida 19 nafar bolaning vafotiga sabab bo‘lgandi.

Rasmiylar Germaniyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
1 iyul 2023, 14:55

Rasmiylar Germaniyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Turon World Cooperation orqali Germaniyaga borgan o‘zbekistonlik 100 nafar atrofidagi talaba ish topa olmay, og‘ir ahvolga tushib qoldi. Bandlik vazirligi vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Bosh konsullik va elchixona vaziyatni nazoratga oldi.

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
1 iyul 2023, 14:16

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Poytaxtdagi qurilish korxonasi xodimi ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

O‘zbekiston 5 oy ichida 3811 ta elektromobil xarid qildi
1 iyul 2023, 11:55

O‘zbekiston 5 oy ichida 3811 ta elektromobil xarid qildi

O‘zbekiston yildan yilga elektromobillar importini oshirmoqda. 2023-yil yanvar-may oylarining o‘zidayoq 3811 ta elektromobil olib kelindi. Ko‘rsatkich 2022-yil davomida 2180 tani, 2021-yilda esa 809 tani tashkil etgandi. Eng ko‘p yetkazib beruvchi Xitoy bo‘lib turibdi.

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
1 iyul 2023, 09:53

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.

Davlat OTMlarining magistratura bosqichiga qabul boshlandi
1 iyul 2023, 09:27

Davlat OTMlarining magistratura bosqichiga qabul boshlandi

O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Jarayon 30-iyulga qadar davom etadi.

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi
30 iyun 2023, 18:23

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi

O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Foto: Trotuarlarni mashinalarni “avaylagan” holda qurish davom etmoqda
30 iyun 2023, 17:30

Foto: Trotuarlarni mashinalarni “avaylagan” holda qurish davom etmoqda

Toshkentda piyodalar uchun ham, velosipedchilar uchun ham noqulaylik tug‘dirayotgan, ayoz kunlar sinovidan o‘tolmagan veloyo‘lakli beton trotuarlar qurilishi davom etmoqda. Avtomobillar uchun yettita yo‘lak ajratilgan bir paytda, piyodalarga ko‘proq joy berishga qo‘rqishayotgandek.

Vazirlar Mahkamasi pedagoglar uchun uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi
30 iyun 2023, 13:23

Vazirlar Mahkamasi pedagoglar uchun uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi

O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilarning uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi. Ilgari ular mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli ta’til to‘lovi miqdori kamaytirilganidan shikoyat qilgandi. O‘qituvchilarning kalendar kunlar hisobi bo‘yicha ta’til muddati uzaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting