3-iyul kuni poytaxtdagi 2 ta tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” buni elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bajarilayotganini ma’lum qildi.

Manzillar

Yakkasaroy tumani: “Rakat” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;

Mirobod tumani: “Baynalminal” va “Tong yulduzi” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.