Taniqli jurnalist-tadqiqotchi va yozuvchi Mavlon Yo‘ldoshev (Mavlon Shukurzoda) 69 yoshida Toshkentda to‘satdan vafot etdi.

U 1954-yil 31-mayda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. Sovet davrida u partiya tizimida ishlagan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligida kadrlar bo‘limiga rahbarlik qildi. “Fidokorlar” partiyasi a’zosi bo‘lgan.

Mavlon Shukurzoda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi ham edi. So‘nggi yillarda u mustaqil jurnalist sifatida ishlagan va kitoblar yozgan. U futbolni juda yaxshi ko‘rardi — ko‘plab asarlarini shu sohaga bag‘ishlagan va futbol bilan bog‘liq tadbirlarda faol ishtirok etgan.

Turli mavzularda 20 dan ortiq kitoblar yozgan, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “O‘zbek futboli: kecha, bugun, ertaga”, “Paxtakor-79” (“Paxtakor” jamoasi aviahalokatining 35 yilligiga bag‘ishlangan), “Xalq diplomatiyasi: O‘zbekiston — Buxoro yahudiylari — AQSh” (AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan), shuningdek, o‘zbek-amerikan, o‘zbek-turk va o‘zbek-ozar munosabatlari haqidagi kitoblar.

2023-yilда vafot etganлар, мавлон shuкuрзода

U ayrim kitoblarini chop etishga ulgurmadi. Bu ishni uning oilasi bajarish niyatda. Ana shunday kitoblardan biri afsonaviy “Paxtakor” futbolchisi Gennadiy Krasnitskiy haqida. O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga bag‘ishlangan yana bir kitob ham nashrga tayyorlanayotgan edi.

“Biz noyob odamni yo‘qotdik. So‘nggi yillarda u bilan deyarli har kuni bog‘da ertalab sayr qilayotib gaplashardik. U bilan deyarli har qaysi mavzuda gaplashish mumkin edi”, — deydi jurnalist Boris Babayev “Gazeta.uz”ga.