30-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-ulov hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Aniqlanishicha, soat 10:50 atrofida Toshkent — Termiz M-39 yo‘lida Shacman yuk avtomobili shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Epica mashinasining orqasidan urilgan. Oqibatda Epica`dagi yo‘lovchi ayol voqea joyida, yana bir ayol shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari, ushbu hodisa oqibatida Lacetti, Sinotruk, Howo, Cobalt, Nexia-3 to‘qnashgan, avtoulovlarga turli darajada texnik shikast yetgan. Ushbu avtomashinalarda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.

vafot этди, йтҳ

vafot этди, йтҳ

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.