Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan ijodiy jamoani mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

“El-yurt xurmati” ordeni bilan ansamblning badiiy rahbari Farrux Zokirov, “Do‘stlik” ordeni bilan sozandalar Abbos Aliyev, Javlon Toxtayev va Timur Xalikov, shuningdek, ansambl direktori Igor Xalikov taqdirlandi.

Mukofotlar “yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek estrada san’atini rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, xalq, ayniqsa, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari” uchun topshirilgan.

“Yalla”ning mashhur qo‘shiqlari qatoridan „Uch quduq“, „Shahrisabz“, „Choyxona“, „Sharq yulduzi“, „Yorqin“, Toshkent”, “Sevimli ko‘zlarsiz” va boshqalar joy olgan.