Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak
10 yanvar 2024, 18:13

Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak

Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.

Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda
10 yanvar 2024, 17:45

Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda

Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.

Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan
10 yanvar 2024, 17:32

Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan

O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi
10 yanvar 2024, 17:30

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi
10 yanvar 2024, 17:03

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi

Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi
10 yanvar 2024, 16:54

Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi
10 yanvar 2024, 15:25

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi

Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.

Shahrisabz va Parkent tumanlarida dam olish maskanlari quriladi
10 yanvar 2024, 15:24

Shahrisabz va Parkent tumanlarida dam olish maskanlari quriladi

Shahrisabz va Parkent tumanlarida tog‘ turizmi uchun dam olish maskanlari qurilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak platosida yengil konstruksiyali hostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmat ko‘rsatish uchun qayta foydalanishga topshirish, hududni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.

Ekvadorda qurolli hujumlar ortidan favqulodda holat e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
10 yanvar 2024, 15:04

Ekvadorda qurolli hujumlar ortidan favqulodda holat e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar

Ekvadorda telekanalga jonli efir vaqtida qurolli shaxslar bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi va “mafiya bilan o‘ynashmaslikni” aytdi. Mamlakatda hujumlar sabab 10 kishi halok bo‘ldi. Prezident “ichki qurolli konflikt” rejimini e’lon qildi. Avvalroq yirik jinoiy guruh rahbarlari qamoqdan qochgandi.

Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi
10 yanvar 2024, 12:54

Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi

O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.

O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi
10 yanvar 2024, 12:10

O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi

Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.

Prezident bozorlarni rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi
10 yanvar 2024, 12:06

Prezident bozorlarni rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi

Prezident tarixiy shaharlardagi bozorlarni sayyohlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish hamda Toshkent va boshqa shaharlardagi yangi bozorlar loyihalari bilan tanishdi. 515 ta bozorni “tartibga keltirish” uchun alohida dastur ishlab chiqilmoqda.

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi
10 yanvar 2024, 11:55

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi

Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” elektr simlarida yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida yonib ketdi. Hodisa sabab hech kim jarohatlanmadi.

Toshkent havosi bir muddat “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi
10 yanvar 2024, 11:46

Toshkent havosi bir muddat “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi

10-yanvar kuni tongda Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi. AQSh elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik esa seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi.

Latviyada o‘zbekistonlik kurer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi (video)
10 yanvar 2024, 11:35

Latviyada o‘zbekistonlik kurer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi (video)

Rigada yetkazib berish xizmati kureri, asli musiqachi bo‘lgan o‘zbekistonlik Hasan Azlarov restoranlarda buyurtma kutish chog‘ida pianino chalardi. Kimdir uning ijrosi aks etgan videoni internetga joylagach, mijozlar Hasanni taniy boshladi, shuningdek, unga ish bo‘yicha yangi takliflar berilmoqda. Video.

“Baklajka”lardagi suvlarda ilgari o‘ylanganidan ko‘proq plastik zarralar mavjud — tadqiqot
10 yanvar 2024, 10:29

“Baklajka”lardagi suvlarda ilgari o‘ylanganidan ko‘proq plastik zarralar mavjud — tadqiqot

Kolumbiya universiteti (AQSh) kimyogarlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, plastik idishlar (“baklajka”)dagi suv avval taxmin qilinganidan 100 barobar ko‘p nanoplastik zarralarni o‘z ichiga olishi mumkin, ularning inson salomatligi uchun xavfi “tarixiy jihatdan yetarlicha baholanmagan”.

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi
10 yanvar 2024, 10:13

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi

Samarqandda pora olganlikda ayblangan ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ular tadbirkorning soliq va penya qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra, soliqchilar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2024 superturnirida ishtirok etadi
10 yanvar 2024, 09:40

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2024 superturnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tadigan Tata Steel Chess turnirida ikkinchi bor ishtirok etadi, unda amaldagi jahon chempioni Din Lijen va jahon reytingida kuchli 10 talikdan joy olgan yana uchta grossmeyster ham qatnashadi.

Qamchiq dovonidagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
10 yanvar 2024, 05:52

Qamchiq dovonidagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, ag‘darildi va yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

NYT: Isroil G‘azo sektorida nisbatan maqsadliroq strategiyaga o‘tadi
10 yanvar 2024, 00:41

NYT: Isroil G‘azo sektorida nisbatan maqsadliroq strategiyaga o‘tadi

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi urushning “nisbatan yo‘naltirilgan bosqichiga” o‘tmoqda, deb yozadi New York Times. Bu anklavdagi qo‘shinlar va havo hujumlari sonini kamaytirish hamda HAMAS yetakchilarini yo‘q qilish, garovga olinganlarni qutqarish bo‘yicha maqsadli operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting