9-yanvar kuni kechqurun Qamchiq dovonida Chacman yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar qildi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Hodisa Farg‘ona vodiysi-Toshkent yo‘nalishidagi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida, Namangan viloyatining Pop tumanida sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli haydovchi yuqori tezlik tufayli boshqaruvni yo‘qotgan. Avtomobil yo‘l o‘rtasida joylashgan temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan va yonib ketgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

YTH yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.