Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto
24 aprel 2022, 10:57

Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini birinchi bo‘lib qabristonga urilgan va 70 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgan. «Gazeta.uz» muxbiri Egizbuloq mahallasidagi sel oqibatlari aks etgan yana bir fotoreportajni tayyorladi. Unda suv kelishi oqibatida oqizib ketilgan qabrlar, aholining buzilgan uylari tasvirlangan.

Ko‘chada va metroda og‘iz ochayotganlar, ro‘zadorlarga suv tarqatayotgan yigitlar — Toshkent iftorlik paytida (foto)
23 aprel 2022, 17:00

Ko‘chada va metroda og‘iz ochayotganlar, ro‘zadorlarga suv tarqatayotgan yigitlar — Toshkent iftorlik paytida (foto)

Ramazon oyi paytida saharlikni uyda qilgan ro‘zadorlar har doim ham iftorlikka uyga qaytishga ulgurmasliklari mumkin. Kimdir ko‘chada, kimdir yo‘ldaligida, yana kimdir metro yoki avtobusda og‘iz ochmoqda. «Gazeta.uz» fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Madina A’zam iftorlik vaqtida Toshkent ko‘chalarini aylanib, chorrahalarda suv va xurmoni bepul tarqatayotgan yosh yigitlar bilan suhbatlashishdi.

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari
21 aprel 2022, 22:53

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari

20 aprel kuni Jizzaxda sel va suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Egizbuloq mahallasida 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev voqea joyida bo‘lib turibdi. Tafsilotlar «Gazeta.uz» fotoreportajida.

World Press Photo 2022 yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi
20 aprel 2022, 12:33

World Press Photo 2022 yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi

World Press Photo 2022 yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi. Ro‘yxatdan dunyoning 6 ta mintaqasidan 30 nafar fotojurnalist joy oldi. «Gazeta.uz» tanlovning ayrim g‘olib suratlarini taqdim etadi.

Foto: Toshkentdagi yopiq akvapark va gullar bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
19 aprel 2022, 18:08

Foto: Toshkentdagi yopiq akvapark va gullar bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Prezident «Texnopark» (sobiq TAPOiCh aviatsiya zavodi) hududida qurilayotgan akvapark va Astronomiya parkidagi gullar bog‘i loyihasi bilan tanishdi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi yopiq akvapark Markaziy Osiyoda eng yirigi bo‘ladi.

Prezident yangi akvapark va gullar bog‘i loyihalari bilan tanishdi
19 aprel 2022, 09:46

Prezident yangi akvapark va gullar bog‘i loyihalari bilan tanishdi

Prezident Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Texnopark» hududida quriladigan yangi akvapark, Astronomiya parkida barpo etiladigan gullar bog‘i, davlat muzeylarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyiha hamda «Yangi O‘zbekiston» universiteti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi (foto).

Foto: Toshkent aeroporti, Urganch va Farg‘ona vodiysi yangi aeroportlari tashqi ko‘rinishi
12 aprel 2022, 15:55

Foto: Toshkent aeroporti, Urganch va Farg‘ona vodiysi yangi aeroportlari tashqi ko‘rinishi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroporti, Urganch aeroporti va Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun yagona aeroport fasadining konseptual ko‘rinishi bilan tanishdi.

«Sudoche-Akpetki»da qushlarning bahorgi hisobi o‘tkazildi. Foto
7 aprel 2022, 23:57

«Sudoche-Akpetki»da qushlarning bahorgi hisobi o‘tkazildi. Foto

Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘lida yashovchi suv qushlari va yirtqich qushlar bahorgi o‘rganishlar chog‘ida ekologlar kamerasiga muhrlandi. Ekologiya davlat qo‘mitasi tomonidan «Sudoche-Akpetki» davlat qo‘riqxonasida yashovchi qushlar suratlari chop etildi.

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi
7 aprel 2022, 16:30

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi
7 aprel 2022, 13:47

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi

XKS kosmonavti Oleg Artemev internet foydalanuvchilari iltimosiga ko‘ra Orol dengizi suratlarini e’lon qildi. Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orolning bir-biri bilan ingichka suv yo‘li bilan tutashgani hamda Qozog‘istondagi Kichik Orolning zumrad oynadek turgani aks etgan.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video
2 aprel 2022, 10:26

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishidan “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Foto: Quyoshning insoniyat tarixidagi eng yaqin tasvirlari e’lon qilindi
1 aprel 2022, 11:53

Foto: Quyoshning insoniyat tarixidagi eng yaqin tasvirlari e’lon qilindi

ESA va NASA hamkorligida amalga oshirilayotgan missiya — Solar Orbiter avtomatik kosmik apparati quyoshning kuzatuvlar tarixidagi eng yaqin tasvirlarini taqdim etdi. Suratlar quyosh orbitasidan taxminan 75 mln km uzoqlikda, ya’ni qurilma Yer sayyorasi va Quyosh o‘rtasidagi masofaga yetganida olingan.

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi
30 mart 2022, 10:05

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga ko‘tarishga kelishib oldi. Muzokaralar yakunida 10 ta hujjat, shu jumladan, imtiyozli savdo, mudofaa sohasida hamkorlik va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Shuningdek, Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaga taklif qildi (foto).

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar
29 mart 2022, 12:59

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda aka-uka Jarskiylar loyihalari asosida yaratilgan mozaikalarni yo‘qotishga urinishlar davom ettirilmoqda. Furqat va Bobur ko‘chalarini rekonstruksiya qilish jarayonida bir qancha uylar bo‘yashga tayyorlangan, biroq jamoatchilik noroziligidan keyin ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi
21 mart 2022, 09:13

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi

Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” 1970−1990 yillardagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto
20 mart 2022, 19:09

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto

O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi
20 mart 2022, 12:46

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi

Samarqandda ochiq kitob ko‘rinishidagi zamonaviy aeroport majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatish va haftasiga 120 reyslarni qabul qilish salohiyatiga ega. Boshqa aeroportlardan farqli ravishda, terminalga avtomobilda kelish mumkin, bino esa to‘siqlar bilan o‘ralmagan.

Ayollarni tabriklayotgan Toshkent — foto
8 mart 2022, 16:43

Ayollarni tabriklayotgan Toshkent — foto

Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi
3 mart 2022, 18:20

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi

Bahor kirib kelgan bo‘lsa-da, qishnig sovuq havosi hali tugagani yo‘q. Qishloq aholisi o‘z uylarini o‘tin, ko‘mir va tezak bilan isitishda davom etmoqda. Qish qahraton kelsa, o‘tin zaxirasi sumalak pishirishga yetmasdan, tamom bo‘ladi. Ijodkor Xolida Musurmonova O‘zbekistondagi qishloqlardan biridagi qish haqida hikoya qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting