Samarqand shahrida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.
Beruniy yashagan davrlarda uning nomi “Qiz dengizi” edi. Dengizdan kam joyi yo‘q — uzunligi 100−120 (taxminan Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofa), eni 30−40 km atrofida, bu qirg‘og‘idan narigisi ko‘rinmaydi. Asrlar bo‘yi necha bor qurib, so‘ng yana suvga to‘lgan bu joy hozir shunday ataladi — Sariqamish.
Mo‘ynoq, Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida 25−28-may kunlari IV xalqaro Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq bu nafaqat maktab ta’limining oxirgi kuni, balki bitiruvchilar uchun jiddiy va muhim qaror qabul qilish vaqtidir. 25-may kuni “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi maktablar bitiruvchilaridan ularning rejalari, 5−10 yildan so‘ng o‘zlarini qayerda va qanday lavozimda ko‘rishlari haqida so‘radi.
25-may kuni O‘zbekistondagi 10 mingdan ko‘proq maktabda jami 392 ming o‘quvchi uchun qo‘ng‘iroq oxirgi marta chalindi. Qadrdon do‘stlar va ustozlar bilan xayrlashuv, konsert, vals, ko‘zlardagi yosh — “Gazeta.uz” maktablardagi so‘nggi kundan fotoreportaj tayyorladi.
Namangan shahrida 62-Xalqaro gullar festivali boshlandi. “Gazeta.uz” minglab odamlarni bir yerga jamlagan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.
2005-yilning 13-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston tarixiga “Andijon voqealari” nomi bilan kirgan eng qonli hodisalardan biri boshlangan edi. “Gazeta.uz” ushbu hodisa oqibatlari aks etgan 13 manzarani tanlab olib, ularni 2023-yil may oyida yana o‘sha nuqtalarda olingan suratlar bilan taqqosladi.
Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yili xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Armaniston bosh vaziri bilan birgalikda Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi. Noma’lum askar qabriga gulchambar ham qo‘ydi.
O‘zbekiston tarixi muzeyida o‘zbekistonliklar SSSRning Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Unda o‘nlab arxiv suratlari, sovet plakat san’atining namunalari namoyishga qo‘yilgan, shuningdek, “Askar maktublari” kitobi taqdim etilgan.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi sanatoriyga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatlashdi. Urush qatnashchilariga bu yil 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometerologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni O‘zgidromet muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan O‘zgidrometning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif, to‘p va futbolkalarga qo‘yilgan dastxatlar, “Do‘stlik” stadioni qurilishiga qo‘shilgan hissa, U-20 terma jamoasiga tilaklar va 9-raqamli futbol formasi — Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoning Toshkentga tashrifidan reportaj.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Jeyms Simon galereyasida tayyorgarligiga bir necha yil ketgan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” ko‘rgazmasini ochib berdi. Unga Berlin muzeylaridan 65 ta, O‘zbekiston muzeylaridan 285 ta eksponat qo‘yilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendumda ovoz berish uchun sog‘lig‘i tufayli saylov uchastkasiga tashrif buyura olmaydigan fuqarolar uyda ovoz berishmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari uchastka komissiyalari a’zolari bilan ularning uyiga tashrif buyurdi.
Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
8:00 dan poytaxtdagi referendum uchastkalarida madhiya yangradi, so‘ngra saylovchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Odatga ko‘ra, erta tongdan ovoz berish uchun ko‘pchilik tashrif buyurmoqda. “Gazeta.uz” kun davomida ovoz berish jarayonini yoritib boradi.
O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum uchastkalari ochildi. Uchastka komissiyalari a’zolari kuzatuvchilar guvohligida ovoz berish qutilarini muhrlashdi. O‘zbekiston madhiyasi yangradi va ovoz berish jarayoni ochiq deb e’lon qilindi. Jarayonni bizning fotoreportajlarimizda tomosha qiling.
Qoraqalpog‘istonlik musiqachilar Germaniya, Belgiya va Niderlandiya davlatlarida 11−28-aprel kunlari “Orol dengizi shamollari” nomli ijodiy safarda bo‘ldi. Ular qoraqalpoq dostonlari hamda xalq qo‘shiqlaridan iborat 10 dan ortiq konsert hamda mahorat darslarini qoraqalpoq tilida namoyish etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting