World Press Photo assosiatsiyasi fotojurnalistlar-2022 tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan dunyoning 6 ta mintaqasidan 30 nafar fotograf joy oldi. Ular to‘rt toifaga ajratilgan: yakkaxon surat, seriyali, uzoq muddatli loyiha va erkin ijod.
E’tiboringizga tanlovning ayrim g‘olib suratlarini havola etamiz. Laureatlarning to‘liq ro‘yxati bilan tashkilotning rasmiy veb-sahifasida tanishib olishingiz mumkin.
Foto: Amber Bracken / The New York Times.
Kamlupsa yaqinidagi yo‘l yoqasida ilib qo‘yilgan ko‘ylaklar. Aksiya mahalliy aholi uchun mo‘ljallangan maktab-internat hududida murdalari topilgan hindu bolalariga bag‘ishlanadi. O‘tgan asrning o‘rtalaridan beri faoliyat yuritayotgan tashkilot hududida 200 dan ortiq kimga tegishli ekanligi noma’lum bo‘lgan qabrlar topilgan. Kanada.
Foto: Matthew Abbot / National Geographic.
Mahalliy jamoat oqsoqoli qishlog‘ini o‘rmon yong‘inlaridan himoya qilish maqsadida qurigan o‘tlarni yoqib yubormoqda. Avstraliya, Mamadaverre.
Foto: Lalo de Almeida / Panos Pictures.
Junglining beto‘xtov kesilishi xavf solayotgan Arapiksi rezervatsiyasida istiqomat qiluvchi shaxs. Braziliya, Amazoniya.
Foto: Sodiq Adelakun Adekola / AFP.
Suratda jangarilar shahar yotoqxonasidan ikki qizi 279 nafar qiz bilan birga o‘g‘rilab ketilgan ayol tasvirlangan. Nigeriya, Jangebe shahri.
Foto: Konstantinos Tsakalidis / Bloomberg News.
Guves shaharchasida yashovchi ayol o‘rmon yong‘inlari uning uyini yo‘q qilayotganini kuzatmoqda. Gretsiya, Eviya.
Foto: Bram Janssen / AP.
Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng yopilgan Ariana kinoteatri ishchisi. Afg‘oniston, Kobul.
Foto: Amanuel Sileshi / AFP.
Fuqarolik urushi sabab dunyodan ajralib qolgan Chenna qishlog‘ida bolakay tuman tushgan yo‘l bo‘ylab yurib ketmoqda. Efiopiya, Tigray.
Foto: Guillaume Herbaut / Agence VU'.
Boshidan judo qilingan Lenin haykali. Ukraina, Kotovsk.
Foto: Anonymous / The New York Times.
Namoyishchilar xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvda ragatkadan foydalanmoqda. Myanma, Yangon.