Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi
12 avgust 2023, 07:40

Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi minglab xonadonlar va ko‘plab obyektlar tarmoqdagi nosozlik tufayli 12 soatga yaqin elektrsiz qoldi. Shuningdek, hududda svetoforlar ham ishlamadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Avtomobilsozlikmi yo boshqami, himoyadagi sohaning befoydaligi aholiga vaqt o‘tib seziladi — Mirkomil Xolboyev
1 avgust 2023, 19:46

Avtomobilsozlikmi yo boshqami, himoyadagi sohaning befoydaligi aholiga vaqt o‘tib seziladi — Mirkomil Xolboyev

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev “Mifonomika” podkastining proteksionizmga bag‘ishlangan sonida qaysidir soha uzoq vaqt himoya qilinsa, vaqt o‘tishi bilan aholi uning foydasizligini sezishini ta’kidladi. “Masalan, 2000-yilda odamlarimizda bizga avtomobil zavodi kerakmi, degan savol bo‘lmagan”, — dedi u.

Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari
1 avgust 2023, 13:47

Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari

1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat
19 iyul 2023, 18:00

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat

O‘zbek me’mori loyihalashtirgan Yevropadagi eng katta masjid, osmono‘par binolar, tarixga boy maskanlar, go‘zal ko‘chalar va ko‘rkam bog‘lar — “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Checheniston poytaxti Grozniyga sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida hikoya qiladi.

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi
18 iyul 2023, 10:44

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi

Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.

Prezident saylovida ovoz berish jarayonlari suratlarda
9 iyul 2023, 15:44

Prezident saylovida ovoz berish jarayonlari suratlarda

Plombalangan saylov qutilari, davlat madhiyasi yangrashi, bir necha pasport ko‘tarib olgan fuqaro, oilaviy ovoz berishga kelganlar, prezidentlikka nomzodlarning ishtiroki — “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi.

Toshkentda 228 ming qutidan ortiq tamaki yoqib yuborildi (foto)
7 iyul 2023, 11:28

Toshkentda 228 ming qutidan ortiq tamaki yoqib yuborildi (foto)

Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. 3,3 mlrd so‘mga baholangan ushbu tamakilarning barchasi bitta xonadondan topilgan.

So‘rovnoma: Odamlar bo‘lajak prezidentdan nimalar kutyapti?
5 iyul 2023, 20:45

So‘rovnoma: Odamlar bo‘lajak prezidentdan nimalar kutyapti?

Prezidentlikka nomzodlarni taniysizmi? Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdingizmi? Bo‘lajak prezidentdan nimalar kutayapsiz? “Gazeta.uz” shu va boshqa savollar bilan Toshkent aholisiga mikrofon tutdi. Video.

Ko‘chalar jinoyat joyiga o‘xshashi shartmi?
3 iyul 2023, 15:04

Ko‘chalar jinoyat joyiga o‘xshashi shartmi?

Toshkentdagi chorrahalar va piyodalar o‘tish joylari yaqinida odatda jinoyat sodir bo‘lgan joylar va qurilish maydonchalarini belgilashda foydalaniladigan tasmalar paydo bo‘ldi. Bu esa shaharning xavfli ko‘chalarini yanada xavfli ko‘rinishga olib keldi. Foto.

Toshkentda o‘qilgan Qurbon hayiti namozi — suratlarda
28 iyun 2023, 08:21

Toshkentda o‘qilgan Qurbon hayiti namozi — suratlarda

28-iyun tongida O‘zbekistondagi mavjud 2100 dan ortiq masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi.

“Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha ta’mirlanib, qayta ochildi
26 iyun 2023, 11:41

“Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha ta’mirlanib, qayta ochildi

Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati ustidan o‘tuvchi, cho‘kishi sababli yopilgan ko‘chada transport harakati tiklandi. “Gazeta.uz” muxbiri xabar berishicha, asosiy va qo‘shimcha yo‘l o‘rtasidagi yashil hudud o‘rnini beton qoplama egallagan. Foto.

Foto: Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi
6 iyun 2023, 13:52

Foto: Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi

Samarqand shahrida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto
4 iyun 2023, 01:24

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto

O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.

Chegaradagi dengiz
31 may 2023, 20:54

Chegaradagi dengiz

Beruniy yashagan davrlarda uning nomi “Qiz dengizi” edi. Dengizdan kam joyi yo‘q — uzunligi 100−120 (taxminan Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofa), eni 30−40 km atrofida, bu qirg‘og‘idan narigisi ko‘rinmaydi. Asrlar bo‘yi necha bor qurib, so‘ng yana suvga to‘lgan bu joy hozir shunday ataladi — Sariqamish.

Orolning qurigan tubida Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi
29 may 2023, 11:24

Orolning qurigan tubida Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Mo‘ynoq, Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida 25−28-may kunlari IV xalqaro Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.

Video: Bitiruvchilar maktabdan keyingi hayotlarini qanday rejalashtirmoqda?
25 may 2023, 22:00

Video: Bitiruvchilar maktabdan keyingi hayotlarini qanday rejalashtirmoqda?

So‘nggi qo‘ng‘iroq bu nafaqat maktab ta’limining oxirgi kuni, balki bitiruvchilar uchun jiddiy va muhim qaror qabul qilish vaqtidir. 25-may kuni “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi maktablar bitiruvchilaridan ularning rejalari, 5−10 yildan so‘ng o‘zlarini qayerda va qanday lavozimda ko‘rishlari haqida so‘radi.

“Vals, ko‘zlardagi yosh, katta hayotga ilk qadam”. Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi
25 may 2023, 12:25

“Vals, ko‘zlardagi yosh, katta hayotga ilk qadam”. Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

25-may kuni O‘zbekistondagi 10 mingdan ko‘proq maktabda jami 392 ming o‘quvchi uchun qo‘ng‘iroq oxirgi marta chalindi. Qadrdon do‘stlar va ustozlar bilan xayrlashuv, konsert, vals, ko‘zlardagi yosh — “Gazeta.uz” maktablardagi so‘nggi kundan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Namanganda xalqaro gullar festivali boshlandi
23 may 2023, 10:58

Foto: Namanganda xalqaro gullar festivali boshlandi

Namangan shahrida 62-Xalqaro gullar festivali boshlandi. “Gazeta.uz” minglab odamlarni bir yerga jamlagan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.

Mayning 13 lahzasi. Andijonning 18 yil avvalgi va hozirgi manzaralari
13 may 2023, 23:45

Mayning 13 lahzasi. Andijonning 18 yil avvalgi va hozirgi manzaralari

2005-yilning 13-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston tarixiga “Andijon voqealari” nomi bilan kirgan eng qonli hodisalardan biri boshlangan edi. “Gazeta.uz” ushbu hodisa oqibatlari aks etgan 13 manzarani tanlab olib, ularni 2023-yil may oyida yana o‘sha nuqtalarda olingan suratlar bilan taqqosladi.

Tavalludiga 120 yil to‘lgan adib — G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga sayohat
13 may 2023, 09:00

Tavalludiga 120 yil to‘lgan adib — G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga sayohat

Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yili xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting