Solar Orbiter avtomatik kosmik apparati quyoshning kuzatuvlar tarixidagi eng yaqin tasvirlarini taqdim etdi. Solar Orbiter Yevropa kosmik agentligi (ESA) va AQSh aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy agentligi (NASA) hamkorligida amalga oshirilayotgan kosmik missiya hisoblanadi.

Quyoshning suratlari kosmik apparat tomonidan 7 mart kuni, Yer va Quyosh orasidagi masofaning o‘rtasida olingan (suratni kattalashtirish uchun ustiga bosing).


Extreme Ultraviolet Imager (EUI) qurilmasining tasvirlaridan biri bu quyosh diski, tashqi atmosferasi va tojining eng yuqori piksellarda olingan to‘liq surati demakdir.

Spectral Imaging of the Coronal Environment (SPICE) uskunasi yordamida olingan yana bir rasm Quyoshning 50 yil ichidagi birinchi to‘liq tasviri hisoblanadi. Qayd etilishicha, ushbu tasvirlar ichida eng yaxshisi — Layman-beta to‘lqini uzunligida olingan vodorod gazi chiqaradigan ultrabinafsha nurining suratlaridir.


Tasvirlar quyosh orbitasidan taxminan 75 mln kilometr uzoqlikda, ya’ni qurilma Yer sayyorasi va Quyosh o‘rtasidagi masofaga yetganida olingan.

«EUI yuqori aniqlikdagi teleskopi shu qadar yuqori kenglikdagi tasvirlarni oladiki, bunday yaqin masofada butun Quyoshni tasvirlash uchun 25 ta alohida suratlardan iborat mozaika talab qilinadi. To‘liq tasvir to‘rt soatdan ko‘proq vaqt davomida ketma-ket (bo‘lib-bo‘lib) olingan, chunki har bir qismni (suratga olish) taxminan 10 daqiqa davom etadi, shu jumladan kosmik apparat bir segmentdan ikkinchisiga o‘tishga ham vaqt sarflaydi» — deyiladi xabarda.


Yakuniy tasvir sifati 9112×9148 kenglikda 83 mln pikselni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, ushbu rasm 4K televizor ekranidan o‘n baravar kengroq piksellar soniga ega.

EUI quyoshni 17 nanometr to‘lqin uzunligida, elektromagnit spektrining o‘ta ultrabinafsha diapazonida tasvirlaydi. Bu Quyoshning yuqori atmosferasini, Selsiy bo‘yicha taxminan mln daraja haroratiga ega bo‘lgan tojni ko‘rsatadi.

«Quyoshning chetida «soat 2» va «soat 8» holatida sirtdan ajralib chiqayotgan qora iplarni ko‘rishingiz mumkin. Ushbu «prominenclar» otilib chiqishga moyil bo‘lib, katta miqdordagi toj gazini kosmosga tashlaydi va koinot «ob-havo"sining bo‘ronlarini yaratadi», — deyiladi xabarda.


Shuningdek, EUI`dan tashqari, SPICE uskunasi ham ba’zi ma’lumotlarni qayd etdi. SPICE quyosh atmosferasi qatlamlarini tojdan xromosfera deb nomlanuvchi qatlamgacha kuzatib borish uchun mo‘ljallangan. Qurilma buni turli xil atomlardan yuzaga keladigan o‘ta ultrabinafsha nurlarining turli to‘lqin uzunliklarini o‘rganish orqali amalga oshiradi.

SPICE tasvirining ketma-ketligida binafsha rang 10,000 darajadagi vodorod gaziga, ko‘k rang 32,000 darajadagi uglerodga, yashil rang 320,000 darajadagi kislorodga, sariq rang 630,000 darajadagi neonga mos keladi.


Qayd etilishicha, bu fiziklarga atmosferaning pastki qatlamlari orqali Quyosh tojida yuzaga keladigan o‘ta kuchli portlashlarni kuzatishga imkon beradi.

Qolaversa, bu olimlarga Quyoshning eng sirli holatlardan biri, atmosferaning yuqori qatlamlarida harorat qanday ko‘tarilishini o‘rganishda ham qo‘l keladi.

«Odatda issiq obyektdan uzoqlashganda harorat pasayadi. Ammo Quyosh ustida toj million daraja selsiyga yetadi, sirtda esa atigi 5000 darajaga yaqindir. Ushbu sirni o‘rganish Solar Orbiter`ning asosiy ilmiy maqsadlaridan biridir», — deyiladi bayonotda.

26 mart kuni Solar Orbiter yana bir muhim bosqichga erishgan, ya’ni Quyoshning birinchi eng yaqin perigeliysiga yetgan. Kosmik kema Merkuriy orbitasi ichida joylashgan bo‘lib, quyoshni eng yuqori kenglikda suratga ololadi. Shuningdek, u Quyoshdan keladigan shamol zarralari haqidagi ma’lumotlarni yozib oladi.

«Bu faqat boshlanishi, kelgusi yillarda kosmik kemalar bir necha bor Quyoshga juda yaqin uchadi. Shuningdek, ular quyoshning ilgari kuzatilmagan qutbli mintaqalarini ko‘rish uchun o‘z yo‘nalishini asta-sekin kengaytiradi», — deyiladi xabarda.