Hozirda Xalqaro kosmik stansiyasida xizmat qilayotgan rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev Orol dengizining koinotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Fotosuratlar blog o‘quvchilarining iltimosiga ko‘ra olingan, dedi u.

Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orol bilan Qozog‘istondagi Kichik Orol ko‘llarining bir-birlari bilan ingichka suv yo‘llari orqali tutashib turganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq fotosuratchi Azamat Matkarimov obyektivida Mo‘ynoqdan Orolga boradigan yo‘l suratlarini e’lon qilgan edik.