Foto: O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari uchrashdi
4 oktabr 2022, 14:47

Foto: O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari uchrashdi

Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Budapeshtda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj
30 sentabr 2022, 15:33

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Ro‘ziboy Mamatov kichigi 30 kg, kattasi 65 kglik gigant oshqovoqlarni yetishtirdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam dehqonning tomorqasidan fotoreportaj tayyorladi.

«Hayot qaynamoqda» — talabalar yashashni boshlagan Tashkent Index kompleksidan fotoreportaj
21 sentabr 2022, 18:56

«Hayot qaynamoqda» — talabalar yashashni boshlagan Tashkent Index kompleksidan fotoreportaj

Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun Tashkent Index savdo majmuasida 10 ming o‘rinli yotoqxona tashkil etilishi aytilgandi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam reportaj tayyorladi.

Bukhara Night Race: O‘zbekistondagi ilk tungi marafon qanday o‘tdi?
21 sentabr 2022, 15:38

Bukhara Night Race: O‘zbekistondagi ilk tungi marafon qanday o‘tdi?

O‘zbekistondagi ilk tungi marafon 17−18 sentabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafonning boshqalaridan farqi unda bolalar ham faol ishtirok etdi, ular Kids Run 300 va Kids Run 600 masofalarini bosib o‘tishdi. «Gazeta.uz» eng qiziqarli onlar aks etgan marafondan fotoreportajni taqdim etadi.

Foto: SHHT sammitida qatnashuvchi davlatlar yetakchilari «Boqiy shahar»da sayr qilishdi
16 sentabr 2022, 09:54

Foto: SHHT sammitida qatnashuvchi davlatlar yetakchilari «Boqiy shahar»da sayr qilishdi

Samarqandga kelgan davlat rahbarlari SHHT doirasida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi. Keyin «Boqiy shahar» majmuasida O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi. Kun yakunida mushakbozlik uyushtirildi (foto).

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi
15 sentabr 2022, 12:23

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi

Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.

Talabalar Tashkent Index kompleksida o‘quv yili yakunigacha yashaydi — fotoreportaj
13 sentabr 2022, 17:34

Talabalar Tashkent Index kompleksida o‘quv yili yakunigacha yashaydi — fotoreportaj

Yangihayot tumanidagi Tashkent Index majmuasida 10 ming talaba uchun vaqtinchalik yotoqxona hozirlanmoqda, ehtiyojga qarab joy 20 mingtagacha ko‘paytiriladi. Bu yerda oshxona, hammom va kir yuvish xonalari ham tashkil etilyapti. Ijara narxi, transport masalasi va qachon ko‘chib o‘tilishi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmati ishga tushdi
13 sentabr 2022, 11:10

Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmati ishga tushdi

Taxi Airports Tashkent kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Boshqa taksilar (Yandex, Mytaxi haydovchilari) esa faqat avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin. Rekonstruksiyadan so‘ng uchta avtoturargoh ham ishga tushdi. Tariflar va narxlar.

«Sevgimiz bizni birlashtirgan va kuch bag‘ishlagan». Tatyana Karimova turmush o‘rtog‘i Islom Karimov haqida
6 sentabr 2022, 12:36

«Sevgimiz bizni birlashtirgan va kuch bag‘ishlagan». Tatyana Karimova turmush o‘rtog‘i Islom Karimov haqida

Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan kechada uning rafiqasi Tatyana Karimova umri davomida hamisha birga bo‘lishganini esga oldi. «Sevgimiz bizni birlashtirgan va kuch bag‘ishlagan», — dedi u. Birinchi prezidentning xos soqchilari boshlig‘i Jahongir Abirov esa 1990 yil qiyin kechganini so‘zlab berdi.

«Kuniga 200−300 nafar ziyoratchi keladi». Islom Karimov tug‘ilgan uy va u o‘qigan maktabdan fotoreportaj
2 sentabr 2022, 13:00

«Kuniga 200−300 nafar ziyoratchi keladi». Islom Karimov tug‘ilgan uy va u o‘qigan maktabdan fotoreportaj

2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.

Prezident qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi (foto)
31 avgust 2022, 12:22

Prezident qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi (foto)

31 avgust tongida Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Qolaversa, davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Kechga yaqin mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Islom Karimov nomidagi kutubxona foydalanishga topshirildi — fotoreportaj
30 avgust 2022, 19:00

Islom Karimov nomidagi kutubxona foydalanishga topshirildi — fotoreportaj

Poytaxtdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi kutubxona rasman ochildi. 70 mingdan ortiq kitob va 10 mingdan ziyod jurnalni jamlagan kutubxonada olim va tarixchilarning birinchi prezident haqidagi qo‘lyozmalari ham mavjud. Barchani 5 sentabrdan qabul qiladigan maskandan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

Foto: Prezident Urganchda Jaloliddin Manguberdining yangi haykalini ochib berdi
29 avgust 2022, 15:39

Foto: Prezident Urganchda Jaloliddin Manguberdining yangi haykalini ochib berdi

Urganchda Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasi ochildi. 25 mertrlik haykalda sarkarda «tulpor jilovini mahkam tutib, yurt himoyasiga otlanib turgani tasvirlangan». Uning oldida Qur’oni karim oyatlari, sarkardaning shajarasi yozilgan, og‘irligi 32 kg, balandligi 30 sm bo‘lgan bitiktosh nusxasi o‘rnatilgan.

Foto, video: «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilishi
24 avgust 2022, 09:10

Foto, video: «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilishi

O‘zbekiston prezidenti «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilish marosimida ishtirok etdi. «Ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Konsert davomida britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf «Hayot daraxti» qo‘shig‘ini ijro etdi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi
19 avgust 2022, 10:22

Foto: Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Suratlar.

Foto: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
18 avgust 2022, 09:28

Foto: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi.

“Tog‘lar bag‘ridagi G‘elon qishlog‘i” — Madina A’zam obyektivida
17 avgust 2022, 18:51

“Tog‘lar bag‘ridagi G‘elon qishlog‘i” — Madina A’zam obyektivida

Tashqi dunyodan uzilgan, mobil aloqa ishlamaydigan, biroq, aholisining yuzidan doimo tabassum arimaydigan G‘elon qishlog‘i hayotining bir kuni — “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam fotohikoyasida.

Foto: Berdimuhamedov Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga bordi
15 iyul 2022, 16:44

Foto: Berdimuhamedov Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga bordi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrifini Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Undan so‘ng, ikki davlat yetakchilari Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoniga ham borishdi.

Foto: Koinotning inja go‘zalligi James Webb nigohida
13 iyul 2022, 10:57

Foto: Koinotning inja go‘zalligi James Webb nigohida

NASA eng kuchli James Webb kosmik teleskopi tomonidan olingan ilk suratlarni e’lon qildi. Ularda — koinot qa’rining olis yoshligi: yulduzlar va galaktikalarning tug‘ilishi va o‘limi, qora tuynuklar hamda ulkan kosmik chang bulutlari aks etgan.

Foto: O‘zbekiston Qurbon hayitini nishonlamoqda
9 iyul 2022, 10:19

Foto: O‘zbekiston Qurbon hayitini nishonlamoqda

O‘zbekistonliklar pandemiya boshlanganidan beri birinchi marotaba Qurbon hayiti namozini ado etdilar. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin Toshkentdagi «Ko‘kcha» masjididan fotoreportaj tayyorladi. Namozga kelganlar bayram tilaklari bilan ham bo‘lishishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting