Markaziy bankda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya delegatsiyasi bilan bank rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda regulyator matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Markaziy bank tomonidan mamlakat banklarida sanksiyaviy risklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar borasida axborot berilgan. Xususan, sanksiyaviy komlayensga rioya qilishni takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha tijorat banklari bilan doimiy ish olib borilayotgani ta’kidlangan.

Muloqot chog‘ida bank tizimi xodimlarining sanksiyaviy komlayens sohasidagi salohiyatini oshirish uchun texnik yordam ko‘rsatish imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.