Iqtisodiyot

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya «Kapitalbank»dagi ulushini 25 foizgacha oshirdi
11 yanvar 2022, 13:25

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya «Kapitalbank»dagi ulushini 25 foizgacha oshirdi

Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan «Telekominvest» MCHJ «Kapitalbank» ustav kapitalining 8,33 foizini sotib oldi. Endilikda ushbu kompaniya «Kapitalbank»ning 25 foiz ulushiga ega.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
10 yanvar 2022, 16:42

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 840,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Kreditlarga asoslangan iqtisodiy o‘sish xavflarni keltirib chiqarishi mumkin — Fitch
10 yanvar 2022, 16:19

Kreditlarga asoslangan iqtisodiy o‘sish xavflarni keltirib chiqarishi mumkin — Fitch

Kreditlash hisobiga O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari aktivlar sifatining yomonlashuvi va banklarning tashqi moliyalashtirish manbalariga qaramligining kuchayishi kabi risklarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Fitch Ratings agentligi hisobotida.

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda
10 yanvar 2022, 09:08

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda

O‘zbekistonga Belarus va Ukrainadan import qilinadigan go‘shtni yetkazib berish kechikmoqda. Bu ko‘plab yuklar uchun tranzit yo‘lagi hisoblangan Qozog‘istondagi inqiroz bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» bilan suhbatda bo‘lgan uch tadbirkor yetkazib berishdagi uzilishlar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming so‘m etib belgilandi
9 yanvar 2022, 10:37

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda bir oyda kishi boshiga minimal iste’mol xarajatlari 13,2 foizga oshib, 498 ming so‘mni tashkil etdi. Minimal iste’mol xarajatlarining oshirilishi natijasida ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga yetkazilishi kutilmoqda.

8 kunda xarid cheklari uchun yig‘ilgan keshbek qariyb 950 mln so‘mni tashkil etdi
8 yanvar 2022, 18:51

8 kunda xarid cheklari uchun yig‘ilgan keshbek qariyb 950 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yanvar oyi boshidan beri 10 mingdan ortiq iste’molchi 100 mingga yaqin xarid chekini keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi esa 941 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Birjada AI-80 benzini narxi 6,3 foizga arzonlashdi
8 yanvar 2022, 15:59

Birjada AI-80 benzini narxi 6,3 foizga arzonlashdi

Shanba kuni ertalabki birja sessiyasi yakunlariga muvofiq, AI-80 markali benzinning narxi 6,3 foizga pasayib, bir tonna uchun — 7,47 mln so‘mni tashkil qildi.

Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8 yanvar 2022, 10:11

Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.

O‘zbekiston noyabrda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
7 yanvar 2022, 19:17

O‘zbekiston noyabrda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq — 21,5 tonna oltin sotdi.

«Tuxum eksporti cheklanganligi — vaqtinchalik chora» — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
7 yanvar 2022, 14:51

«Tuxum eksporti cheklanganligi — vaqtinchalik chora» — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tuxum eksportiga nisbatan cheklov haqiqatda joriy qilinganligini ma’lum qildi va buni vaqtinchalik chora deb atadi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning sentabr-dekabr oylarida tuxum narxi 19,6 foizga, ayrim hududlarda 20−22 foizgacha o‘sgan. Avvalroq Veterinariya qo‘mitasi tuxum eksporti cheklanganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etgan edi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchta mustaqil korxonaga bo‘lindi
7 yanvar 2022, 10:36

Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchta mustaqil korxonaga bo‘lindi

1 yanvardan Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchtaga — aksiyadorlik jamiyati va ikkita davlat korxonasiga bo‘lindi.

O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini qayta tiklashni rejalashtirmayapti — Energetika vazirligi
6 yanvar 2022, 22:26

O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini qayta tiklashni rejalashtirmayapti — Energetika vazirligi

O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasi boshidan beri to‘xtatilgan Rossiyaga tabiiy gaz eksportini qayta tiklashni reja qilmayapti. Hozircha gaz Xitoyga yetkazib berilmoqda. Avvalroq, 2025 yilga borib tabiiy gaz eksporti to‘liq to‘xtatilishi ma’lum qilingandi.

O‘zbekistondan tuxum eksporti to‘xtatilgani aytildi, Veterinariya qo‘mitasi buni rad etmoqda
6 yanvar 2022, 21:45

O‘zbekistondan tuxum eksporti to‘xtatilgani aytildi, Veterinariya qo‘mitasi buni rad etmoqda

Hukumat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1 aprelga qadar tovuq tuxumi eksportiga taqiq o‘rnatdi. Ayrim tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga, ayrimlari esa mahsulotni tannarxida sotishiga to‘g‘ri kelmoqda. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda tuxum eksportiga taqiq joriy qilinmaganini ta’kidlamoqda.

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi
6 yanvar 2022, 20:59

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi

Prezident qarori bilan besh turdagi tovarlar, jumladan, go‘sht, yog‘, un, sovun va boshqalarni olib kirish uchun bojxona to‘lovlari stavkalari bekor qilindi. Hozirda ushbu tovarlar uchun stavkalar 5% dan 20% gachani tashkil etadi.

Hunarmandlarga 225 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi
6 yanvar 2022, 17:50

Hunarmandlarga 225 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

2022 yilda hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqib, hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 mln so‘mgacha kredit beriladi. Ular mablag‘larni naqd pul ko‘rinishida olishi ham mumkin.

Qozog‘istondagi vaziyat ortidan bitkoin kursi 43 ming dollardan tushib ketdi
6 yanvar 2022, 16:54

Qozog‘istondagi vaziyat ortidan bitkoin kursi 43 ming dollardan tushib ketdi

Qozog‘istondagi namoyishlar va tartibsizliklar fonida bitkoin narxi 43 ming dollardan tushib ketdi. Qozog‘iston bitkoin mayningi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, mamlakat 18% kriptovalyuta mayningini ta’minlaydi. Hozirda mamlakatdagi maynerlar ishida cheklovlar kuzatilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
5 yanvar 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,67 so‘mga pasayib, 10 812 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining minimal stavkalari o‘zgardi
5 yanvar 2022, 15:44

Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining minimal stavkalari o‘zgardi

2022-yil 1-yanvardan boshlab binolar yoki avtomashinani ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari Kengashlari stavkalariga oshirish koeffitsiyentlarini qo‘llash huquqini saqlab qoldi.

Buxoro viloyatida 270 MVt quvvatga ega IES ishga tushirildi
5 yanvar 2022, 13:00

Buxoro viloyatida 270 MVt quvvatga ega IES ishga tushirildi

Buxoro viloyatida yangi 270 MVt quvvatga ega gaz porshenli IESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. IES Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan DXSH asosida qurilgan.

2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan
5 yanvar 2022, 11:38

2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting