Iqtisodiyot

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi
1 fevral 2022, 12:29

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi

2022-yilning yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,9 foizni, yillik nisbatda esa 9,8 foizni tashkil qildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshgan, eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi.

Toshkentda Inson qadri indeksi joriy etiladi
1 fevral 2022, 09:17

Toshkentda Inson qadri indeksi joriy etiladi

Toshkent mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish orqali poytaxtda inson qadri indeksi joriy qilinadi. Prezident indeks mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizim yaratishni buyurdi.

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi
31 yanvar 2022, 19:38

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi

Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

2021-yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?
31 yanvar 2022, 19:28

2021-yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?

2021-yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta “inomarka” sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Dollarning rasmiy kursi pastladi
31 yanvar 2022, 16:30

Dollarning rasmiy kursi pastladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,30 so‘mga pasayib, 10 804,86 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi. Ushbu o‘zgarishlar 1 fevraldan kuchga kiradi.

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi
31 yanvar 2022, 11:56

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi

2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan umumiy qiymati 588,2 mln dollarga teng 27 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi. Avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan. Eksport qilingan avtomobillar soni esa 29 mingga yetdi, shundan 93 foizi Qozog‘istonga yetkazib berilgan.

Markaziy Osiyo yagona energohalqasi qanday ishlaydi?
31 yanvar 2022, 10:40

Markaziy Osiyo yagona energohalqasi qanday ishlaydi?

«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi
30 yanvar 2022, 12:10

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.

O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirmoqchi — Jamshid Qo‘chqorov
28 yanvar 2022, 21:10

O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirmoqchi — Jamshid Qo‘chqorov

Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allik darajasini ikki baravarga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan maqsadga erishishning asosiy sharti sifatida makroiqtisodiy barqarorlik va turg‘un iqtisodiy o‘sishni yuqori sur’atlarda ta’minlash vazifasi belgilangan.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi
28 yanvar 2022, 17:46

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi

Shu yilning 1 aprelidan 2025 yil 1 yanvarigacha chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi.

2021-yilda O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan
28 yanvar 2022, 17:27

2021-yilda O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan

2021-yilda O‘zbekistondan 20,14 ming kishi xorijiy mamlakatlarga ketdi. Ularning yarmidan ko‘pi — 56,6 foizi Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Shuningdek, yil davomida 1875 kishi mamlakatga ko‘chib keldi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
28 yanvar 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 815,16 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi. Ushbu o‘zgarishlar 31 yanvardan kuchga kiradi.

O‘zbekiston Hindistonga sog‘liqni saqlash, ta’lim va IT sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi
28 yanvar 2022, 16:11

O‘zbekiston Hindistonga sog‘liqni saqlash, ta’lim va IT sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev «Hindiston — Markaziy Osiyo» sammitida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, virusolog vrachlar tayyorlash dasturini boshlash hamda raqamli innovatsiyalar, moliyaviy va blokcheyn texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. U Chabahor porti orqali O‘zbekiston va Hindistonni bog‘laydigan yangi yo‘lakni ishlab chiqishga kirishilganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi
28 yanvar 2022, 15:56

Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi

Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlari operatori mintaqa energiya tizimidagi uzilishlar O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli yuz berganini yana bir marta tasdiqladi.

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joy narxi 5,1 foizga qimmatlashdi
28 yanvar 2022, 15:42

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joy narxi 5,1 foizga qimmatlashdi

Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi IV chorak davomida o‘rtacha 5,1 foizga ko‘tarildi. Jumladan, Toshkent shahrida narxlar 4,2 foizga o‘sgan. Buxoro, Andijon, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida narxlar 10 foizdan yuqoriroqqa o‘zgargan. Shunga qaramasdan, respublikadagi eng arzon uy-joylar Sirdaryo viloyatida ekani qayd etildi. Jahon bozorida ham narxlar oshgan.

2021 yilda aholi jon boshiga YAIM 21 mln so‘mdan ortiqni tashkil qildi
28 yanvar 2022, 13:11

2021 yilda aholi jon boshiga YAIM 21 mln so‘mdan ortiqni tashkil qildi

2021 yilda O‘zbekistonda YAIM hajmi 734,6 trln so‘m yoki 69 mlrd dollarni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM esa 2020 yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sib, 21 mln so‘mdan ortiqroqqa yetdi.

Markaziy Osiyo zulmatda. Avariyaga nima sabab bo‘ldi, u takrorlanishi mumkinmi, energiya halqasi qanday tuzilgan?
28 yanvar 2022, 12:13

Markaziy Osiyo zulmatda. Avariyaga nima sabab bo‘ldi, u takrorlanishi mumkinmi, energiya halqasi qanday tuzilgan?

25 yanvar kuni Markaziy Osiyo energetika tizimida ulkan avariya yuz berdi. U O‘zbekistonda elektr stansiyalari, gaz konlari, aeroportlar, vokzallar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa infratuzilmalar faoliyatining to‘xtashiga olib keldi. Siyosatshunos, elektr energetikasi bo‘yicha ekspert Pyotr Svoik «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida ushbu kollapsning yuz berishi sabablari, mintaqa energiya halqasi qanday tuzilishga egaligi, AES qurilishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin-mumkinmasligi va ushbu inqiroz yana takrorlanishi ehtimollari haqida so‘zladi.

Tashqi savdo defitsitining o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotimiz uchun xatarlimi?
28 yanvar 2022, 00:46 1

Tashqi savdo defitsitining o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotimiz uchun xatarlimi?

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo defitsiti 8,8 mlrd dollarga yetdi. Ayrimlar import hajmining eksportdan yuqori bo‘lishini iqtisodiyot uchun xatarli deb hisoblaydi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev defitsitni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladigan har qanday choralar uning oshishidan ko‘ra xatarliroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda
27 yanvar 2022, 15:22

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda

Soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar jamoatchilik va mutaxassislar tanqidini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi. DSQ va Moliya vazirligi E-aktiv dasturidan foydalanish va QQS to‘lovchilarining tahlika-tahlili bo‘yicha talablarning yumshatilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, mulk solig‘i va boshqa o‘zgarishlar bo‘yicha ham yengilliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol
27 yanvar 2022, 11:03

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar qanday qilib elektron hisob-fakturada kompaniya faoliyatining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi sirli ustunning paydo bo‘lishiga olib kelganligi, ushbu ustunning qonun hujjatlariga qay darajada muvofiqligi va QQS to‘lovchilari duch kelayotgan boshqa ma’muriy muammolar haqida Vladimir Srapionov yozadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting