Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida jihodga targ‘ib qilish va Suriyadagi jangarilar lageriga borishni rejalashtirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar berdi O‘zA.

Tezkor tadbir DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazildi. Gumondor R. I.ning xalqaro terroristik tashkilotlar (XTT) va diniy ekstremistik oqimlar (DEO) emissarlari ta’siriga tushib qolgani aytildi.

Tadbir davomida unga tegishli bo‘lgan telefon apparatida, uning Telegram akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Rashod Qori kabi DEO g‘oyalari targ‘ibotchilari bilan aloqalari aniqlangan.

Ushbu shaxs O‘zbekiston Islom harakati XTTga tegishli «Jundulloh» media markazining «Amjad media» nashidalari, Suriyadagi Tavhid va jihod katibasi XTT rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi ma’ruzalarini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotgani, videotasvir orqali pretsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytildi.