Iqtisodiyot

Rublning rasmiy kursi tarixiy rekordni qayd etdi
29 aprel 2022, 16:39

Rublning rasmiy kursi tarixiy rekordni qayd etdi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,76 so‘mga ko‘tarilib, 157,52 so‘mga teng bo‘ldi. Rublning ushbu kursi o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Dollar rasmiy kursi ketma-ket oltinchi kun pasayib, 11 161,96 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonliklarning real daromadlari o‘sishi sekinlashdi
29 aprel 2022, 16:06

O‘zbekistonliklarning real daromadlari o‘sishi sekinlashdi

2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining real daromadlari o‘sishi 3,3 foizgacha sekinlashdi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 7,7 foizga teng bo‘lgandi. Aholining daromadlar tarkibida pul o‘tkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromad 3,2 mln so‘mgacha ko‘tarildi.

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi
29 aprel 2022, 15:50

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayevaning fikricha, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan korrupsion holatlar islohotlarga soya solmoqda. Shuningdek, u bitta bankda jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi
29 aprel 2022, 15:39 2

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi. Shuningdek, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan hamda boquvchisini yo‘qotganlar uchun oylik nafaqa miqdori 500 ming so‘m etib belgilandi.

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev
28 aprel 2022, 22:47

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev

O‘zbekiston Rossiya oltinini tashqi bozorlarda almashtirishni rejalashtirmayapti, deya ta’kidladi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev RBKga. 2021 yilda bu davlatlar qimmatbaho metallar eksporti bo‘yicha jahon yetakchilari qatoridan joy oldi.

Markaziy bank kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi
28 aprel 2022, 15:27

Markaziy bank kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

Markaziy bank o‘z vaqtida qaytarilmayotgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafillarning hisob raqamidan yechib olinayotgani yuzasidan izoh berdi. MB kafil bo‘layotgan fuqarolarni o‘zi va qarz oluvchining kelajakda yo‘liqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni to‘g‘ri tahlil qilishga chaqirdi.

Moliya vazirligi tadbirkorlar hisobotlarini topshirish muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda
28 aprel 2022, 14:51

Moliya vazirligi tadbirkorlar hisobotlarini topshirish muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Moliya vazirligi tadbirkorlarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda yengilliklar berishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, yillik hisobotlarni keyingi yilning 1 apreligacha, choraklik hisobotlarni esa hisobot davridan keyin 40 kun ichida taqdim etishga ruxsat berilishi mumkin.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi
28 aprel 2022, 13:53

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish agentlikning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Fix Price yil boshidan buyon O‘zbekistondagi 12 ta do‘konini yopdi
28 aprel 2022, 13:09

Fix Price yil boshidan buyon O‘zbekistondagi 12 ta do‘konini yopdi

Rossiyaning Fix Price diskaunterlar tarmog‘i yil boshidan buyon O‘zbekistondagi 12 do‘konini yopdi, yana 30 tasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi boshqa sohalarga qaraganda sekin o‘smoqda
28 aprel 2022, 12:04

O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi boshqa sohalarga qaraganda sekin o‘smoqda

So‘nggi besh yil ichida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 2,5 barobar oshdi, biroq mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan farq 16,8 foizdan 26,5 foizgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash sohasida esa tafovut asta-sekin qisqardi, ammo 2022 yil yanvar-mart oylarida u besh yil avvalgi ko‘rsatkichga qaytdi.

Go‘sht va yog‘ importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirilishi mumkin
28 aprel 2022, 11:32

Go‘sht va yog‘ importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirilishi mumkin

Bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi 2022 yil oxirigacha uzaytirilishi rejalashtirilmoqda, — deya ma’lum qildi deputat Doniyor G‘aniyev. Banan, ananas va boshqa sitrus mevalari uchun import bojlari imtiyozlari ham uzaytirilishi mumkin.

JB tadqiqoti: O‘zbekiston mehnat bozorida gender tengsizligi bilan bog‘liq stereotiplar juda kuchli
28 aprel 2022, 11:19

JB tadqiqoti: O‘zbekiston mehnat bozorida gender tengsizligi bilan bog‘liq stereotiplar juda kuchli

Jahon banki tadqiqotlari O‘zbekistonda ishga qabul qilish jarayonida har ikki jins vakillariga nisbatan birdek kuchli diskriminatsiya mavjudligini ko‘rsatdi. Ish beruvchilar ish qidirayotganlarning jinsi, yoshi va tashqi ko‘rinishiga oid afzalliklarga urg‘u bergan holda, kamsituvchi xarakterga ega bo‘lgan reklama e’lonlarini joylashtiradilar. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, mehnat bozorida gender tengsizligi bilan bog‘liq stereotiplar juda kuchli.

“Уральские авиалинии” oktabr oyi oxirigacha O‘zbekistonga barcha reyslarni bekor qildi
27 aprel 2022, 22:07

“Уральские авиалинии” oktabr oyi oxirigacha O‘zbekistonga barcha reyslarni bekor qildi

“Уральские авиалинии” O‘zbekiston va MDHning yana uchta davlatiga oktabr oyi oxirigacha barcha reyslar bekor qilinishini ma’lum qildi. Kompaniya bu qarorni “Yevropa davlatlarining havo hududini yopishi” bilan izohladi.

Qorako‘lchilik va ipakchilik uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi
27 aprel 2022, 17:58

Qorako‘lchilik va ipakchilik uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi

Qorako‘lchilik mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun soliq va bojxona imtiyozlari 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Andijon tajribasi: tovuqlar tuxum tug‘yaptimi yoki muammo?
27 aprel 2022, 17:57

Andijon tajribasi: tovuqlar tuxum tug‘yaptimi yoki muammo?

Andijon viloyatida aholini parrandachilikka keng jalb etish dasturi amalga oshirilmoqda. Davlat OAVlari har 100 ta tovuqdan 80 tasi tuxum tug‘ib, 2 mln so‘m (tuxum narxi 1500 so‘m bo‘lsa) sof foyda keltirishi mumkinligi haqida xabar bermoqda. Biroq ayrim aholi vakillari tovuqlar 30 donadan ko‘p tuxum qo‘ymayotgani, ba’zilari o‘lib ketayotgani va tuxum 700 so‘mdan sotilayotgani, shuning uchun ham zarar ko‘rayotganini aytishmoqda. Andijon hokimligi ushbu holatlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

«Farmasintez» O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun $30 mln sarmoya kiritadi
27 aprel 2022, 15:44

«Farmasintez» O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun $30 mln sarmoya kiritadi

Rossiyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri «Farmasintez» O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 30 mln dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Kompaniya 2023 yilda saratonga qarshi dori vositalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

O‘zbekistonda shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markalash joriy etilishi mumkin
27 aprel 2022, 13:35

O‘zbekistonda shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markalash joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarga majburiy markalashni joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu sohalarda soxtalashtirish va kontrafakt darajasi yuqori.

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1 tadan «karvonsaroy» quriladi
26 aprel 2022, 18:17

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1 tadan «karvonsaroy» quriladi

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan «karvonsaroy» barpo etiladi. Shuningdek, hududlarda turizm klasterlari tashkil etiladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
26 aprel 2022, 16:59

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 25,03 so‘mga pasayib, 11 221,87 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

DBQda Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boshqarmasi tashkil etildi
26 aprel 2022, 16:49

DBQda Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boshqarmasi tashkil etildi

Davlat bojxona qo‘mitasida Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etildi. Shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting