Iqtisodiyot

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin
27 may 2023, 14:38

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin

Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.

Buxoroda gaz-kimyo majmuasi uchun “metanol oroli” quriladi
26 may 2023, 16:38

Buxoroda gaz-kimyo majmuasi uchun “metanol oroli” quriladi

Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida olefin ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi tarkibida metanol ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etiladi.

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi
26 may 2023, 14:14

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosida yangi liniya va stansiyalar qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi. O‘zbekistonda Wilmar International distribyutorlik xabini ochishi, PSB Academy ta’lim muassasasi qurishi, Enercon Asia esa quyosh panellarini o‘rnatishi mumkin.

Banklarda dollarning sotib olish va sotuv kursi oshdi
26 may 2023, 10:56

Banklarda dollarning sotib olish va sotuv kursi oshdi

Tijorat banklari 26-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 480 so‘m.

“Uchastkamizda hech qanday gaz sizishi yo‘q”. O‘zbekiston Energetika vazirligi — Turkmaniston gazining Xitoyga tranziti haqida
25 may 2023, 22:32

“Uchastkamizda hech qanday gaz sizishi yo‘q”. O‘zbekiston Energetika vazirligi — Turkmaniston gazining Xitoyga tranziti haqida

Energetika vazirligi “Markaziy Osiyo — Xitoy” gaz quvurining O‘zbekistondagi uchastkasida gaz sizib chiqqani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq OAV Turkmaniston gazida oltingugurt borligi sababli quvurlar teshilgani va gaz sizib chiqqanini yozgan edi.

AQShning Air Products kompaniyasi Qashqadaryodagi gaz-kimyo majmuasini rivojlantirishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
25 may 2023, 16:55

AQShning Air Products kompaniyasi Qashqadaryodagi gaz-kimyo majmuasini rivojlantirishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

O‘zbekiston hukumati va Air Products o‘rtasida Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi tarkibida sanoat gazini qayta ishlash zavodini rivojlantirish bo‘yicha 1 milliard dollarlik sarmoyaviy bitim imzolandi.

Markaziy bank 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi
25 may 2023, 15:10

Markaziy bank 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi

MB 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Ular orasida tadbirkor Xurshid To‘rayevning TAPP Payment kompaniyasi ham bor, u bilan “Aloqabank” va Raqamli rivojlanish vazirligining ofis binolarini sotib olish bo‘yicha kelishuv avvalroq bekor qilingandi.

AQShda ehtimoliy yoki muqarrar defolt xavfi: sabablar, oqibatlar, favqulodda choralar
25 may 2023, 11:50

AQShda ehtimoliy yoki muqarrar defolt xavfi: sabablar, oqibatlar, favqulodda choralar

AQSh moliya vaziri Janet Yellen mamlakatda kutilayotgan ehtimoliy defolt sanasini 1-iyun deb e’lon qilgach, bu boradagi muhokamalar yanada qizg‘in tus oldi. Ehtimoliy yoki muqarrar defoltning sabablari, potensial oqibatlari va AQSh hukumati ixtiyoridagi favqulodda choralar to‘g‘risida “Gazeta.uz” sharhi.

Banklarda dollarning sotib olish va sotuv kursi tushdi
25 may 2023, 10:10

Banklarda dollarning sotib olish va sotuv kursi tushdi

Tijorat banklari 25-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.

Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi
24 may 2023, 19:56

Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi

Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. FES BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi
24 may 2023, 19:44

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi

Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.

O‘zbekistonda gaz, elektr va ko‘mir qazib olish 2022-yilgi ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda
24 may 2023, 15:07

O‘zbekistonda gaz, elektr va ko‘mir qazib olish 2022-yilgi ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.

Banklar 24-may kuni dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 485 so‘m etib belgiladi
24 may 2023, 09:55

Banklar 24-may kuni dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 485 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 24-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 485 so‘m.

TBC Bank Payme to‘lov xizmatidagi qolgan 49 foiz ulushni 55,7 mln dollarga sotib oldi
23 may 2023, 22:09

TBC Bank Payme to‘lov xizmatidagi qolgan 49 foiz ulushni 55,7 mln dollarga sotib oldi

Gruziyaning TBC Bank Group banklar guruhi Payme to‘lov xizmatining 100 foizlik ulushi egasiga aylandi. Kompaniya 113,6 mln dollarga baholangan holda 49 foiz ulush 55,7 mln dollarga xarid qilindi.

O‘zbekiston Markaziy banki avtokreditlar xavfini yangicha usulda o‘lchashni taklif qildi
23 may 2023, 21:05

O‘zbekiston Markaziy banki avtokreditlar xavfini yangicha usulda o‘lchashni taklif qildi

MB avtokreditlar hajmi keskin o‘sgani, banklar kredit portfelida bunday kreditlar konsentratsiyasi oshgani sababli tavakkalchilik darajasini o‘lchashning yangi usulini taklif qildi. MBning amaldagi va avvalgi rahbariyati banklar avtomobil uchun kredit olish xavfini sezmayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi
23 may 2023, 16:56

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi

Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi
23 may 2023, 16:49

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi. Qo‘shma bayonotda tomonlar qurilishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi qayd etilgan.

Biznesga internet reklamalari uchun to‘lovni xorijiy valyutadagi korporativ karta orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi
23 may 2023, 14:30

Biznesga internet reklamalari uchun to‘lovni xorijiy valyutadagi korporativ karta orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan yuridik shaxslar xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish uchun to‘lovni chet el valyutasidagi korporativ kartalar orqali amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda xarajatlar chegarasi belgilab qo‘yilgan.

Paynet orqali ham naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi
23 may 2023, 11:58

Paynet orqali ham naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi

1-iyundan Paynet orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida ishga tushiriladi. Sinov muddati 2023-yilning dekabr oyigacha davom etadi.

Banklarda dollar kursi tushdi
23 may 2023, 10:15

Banklarda dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 23-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470 — 11 520 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting