24-may, chorshanba kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida “Umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani ishlab chiqish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish dasturi” (2-bosqich) doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha takliflar ikkita xalqaro kompaniya tomonidan taqdim etilgan:

  • BAAning Masdar kompaniyasi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 3 sent va akkumulyator tizimining 1 MVt/soatiga 6,33 dollar narx taklif qildi.
  • Saudiya Arabistonining Acwa Rower kompaniyasi esa quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 3,0518 sent va akkumulyator tizimining 1 MVt/soatiga 24,425 dollar taklif qildi.

Masdar tenderning dastlabki g‘olibi, Acwa Rower esa zaxira g‘olibi deb e’lon qilindi.

Kutilganidek, tender hujjatlari tender komissiyasi tomonidan yaqin kunlarda OTB maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

acwa power, masdar, ғузор тумаni, quyosh fotoelektr станцияси

Tender Energetika, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazildi.

Loyiha G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini va 1 soat davomida 75 MVt quvvatni ta’minlovchi energiya saqlash tizimi (akkumulyator)ni qurishni ham o‘z ichiga oladi.

G‘olib bo‘lgan investor 25 yil davomida quyosh elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi va boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Masdar 2023-yilda O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini — Jizzax viloyatida 220 MVt quvvatga ega Nur Jizzakh, Samarqand viloyatida 220 MVt quvvatga ega Nur Samarkand va Surxondaryo viloyatida 457 MVt quvvatga ega Nur Sherabad fotoelektr stansiyalarini qurishni boshlash niyatida. Ushbu maqsadlar uchun kompaniya qariyb 400 mln dollarlik kredit oldi