Iqtisodiyot

Ofshor kompaniyalar «Ohangaronsement» zavodidagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi
15 yanvar 2022, 14:47

Ofshor kompaniyalar «Ohangaronsement» zavodidagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi

Kiprning Lamanka Enterprises Limited hamda Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollaridagi Giacinttar Limited kompaniyalari «Ohangaronsement» zavodidagi ulushlari sotuvga chiqarilganini ma’lum qildi. Aksiyalar paketi 1,88 trln so‘mga baholanmoqda.

2022 yilda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish uchun jami 12,5 trln so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratiladi
15 yanvar 2022, 13:50

2022 yilda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish uchun jami 12,5 trln so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratiladi

Prezident videoselektor yig‘ilishida mahallalardagi hokim yordamchilari odamlarni tadbirkorlik va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishi lozimligini ta’kidladi. Ushbu maqsadlarga esa shu yilning o‘zida 10 trln so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trln so‘m subsidiya ajratiladi, har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 mlrd so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
14 yanvar 2022, 18:17

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,07 so‘mga pasayib, 10 839,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi IES foydalanishga topshirildi
14 yanvar 2022, 17:24

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi IES foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyatida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan 240 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.

2021-yilda onlayn auksion orqali qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
14 yanvar 2022, 17:02

2021-yilda onlayn auksion orqali qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 2021 yil davomida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning 48 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xarid qilingan.

«Kapitalbank» bankomatlari ishi vaqtincha to‘xtatiladi
14 yanvar 2022, 12:28

«Kapitalbank» bankomatlari ishi vaqtincha to‘xtatiladi

«Kapitalbank» bankomatlari faoliyati xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatiladi. Bankomatlar bosqichma-bosqich mart oyining o‘rtalariga qadar o‘chiriladi. 2021 yil 1 dekabr holatiga mamlakatdagi barcha bankomat va infokiosklarning 25 foizi «Kapitalbank»ga tegishli.

Xonadonlarda baliq yetishtiruvchilarga 81 mln so‘mgacha kredit ajratiladi
14 yanvar 2022, 11:19

Xonadonlarda baliq yetishtiruvchilarga 81 mln so‘mgacha kredit ajratiladi

Baliq yetishtirish bo‘yicha Jizzax tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi. 1 fevraldan xonadonida baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi, ularga ajratiladigan kredit BHMning 300 baravari — 81 mln so‘mgacha oshiriladi. Qolaversa, ularning yer hamda mol-mulk solig‘i 50 foizga qisqartiriladi. Shu asosda 2022 yilda butun respublika bo‘yicha 700 ming tonna baliq yetishtirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki
13 yanvar 2022, 14:46

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki

Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini 6,2 foizga baholadi. 2022−2023-yillarda iqtisodiy o‘sish mos ravishda 5,6 foiz va 5,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi
13 yanvar 2022, 13:32

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi

Tallimarjon IESdagi nosozliklar tufayli Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. 13 yanvar kuni ertalabga kelib elektr ta’minoti tiklandi, deya xabar qildi Afg‘oniston energetika kompaniyasi.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinadi
13 yanvar 2022, 12:33

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinadi

1 fevraldan boshlab 26 ta davlat tashkilot va organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy qilinadi. Ro‘yxatdan 11 ta vazirlik, 4 ta davlat qo‘mitasi, 7 ta agentlik va 4 ta hokimiyat o‘rin olgan va ularning faoliyati 5 ta indikator asosida baholanadi. 1 iyuldan esa reyting barcha davlat tashkilotlarida joriy qilinadi.

2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan
13 yanvar 2022, 10:56

2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan

2021 yilda O‘zbekistonda 10 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, 12 mlrd dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. 2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.

Toshkentda radar o‘rnatish mumkin bo‘lgan 69 ta hudud auksionda 20,99 mlrd so‘mga sotildi
12 yanvar 2022, 17:10

Toshkentda radar o‘rnatish mumkin bo‘lgan 69 ta hudud auksionda 20,99 mlrd so‘mga sotildi

Toshkentdagi radar va kameralar o‘rnatish mumkin bo‘lgan 69 ta obyekt onlayn auksionda sotildi. Boshlang‘ich bahosi 306,45 mln so‘m bo‘lgan obyektlarning umumiy narxi 68,5 barobarga oshib, 20,99 mlrd so‘mga yetgan. Eng qimmat hudud 750,06 mln so‘m — boshlang‘ich qiymatidan 277,8 barobar qimmatga sotildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi kun ko‘tarildi
12 yanvar 2022, 16:41

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 860,17 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Aeroportlarda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimi joriy etilmoqda
12 yanvar 2022, 15:44

Aeroportlarda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekistondagi aeroportlarda yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatga olishning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bo‘lib Namangan aeroporti mazkur tizimni joriy etishni boshladi.

2021-yilda jami 9,8 trln so‘mga yaqin ipoteka kreditlari ajratilgan
12 yanvar 2022, 14:46

2021-yilda jami 9,8 trln so‘mga yaqin ipoteka kreditlari ajratilgan

2021-yilda tijorat banklari tomonidan 59,5 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 9,8 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Oxirgi 5 yilda esa aholiga jami 35,6 trln so‘m miqdorida shu turdagi kreditlar berilgan. Shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln so‘mga yetgan.

2022-yilda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolanadi — Energetika vazirligi
12 yanvar 2022, 13:20

2022-yilda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolanadi — Energetika vazirligi

2022-yilda viloyatlarda umumiy quvvati 1900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 1700 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyiha bitimlari imzolanadi. Joriy yilning I choragida Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

NKMKning 2021 yildagi sof foydasi 11,3 trln so‘mni tashkil qildi
12 yanvar 2022, 12:19

NKMKning 2021 yildagi sof foydasi 11,3 trln so‘mni tashkil qildi

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning 2021 yildagi sof foydasi 12,7 foizga o‘sib, 11,3 trln so‘mni, ishlab chiqarish hajmi esa 54,25 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrining 2022 yilgi budjeti tasdiqlandi. Mablag‘lar qayerlarga yo‘naltiriladi?
11 yanvar 2022, 18:25

Toshkent shahrining 2022 yilgi budjeti tasdiqlandi. Mablag‘lar qayerlarga yo‘naltiriladi?

Poytaxt Kengashi tomonidan 2022 yilgi Toshkent shahri va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 48,5 foizga ko‘proq. budjet daromadlarining asosiy manbai yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan tushumlar bo‘lib, 2,3 barobarga oshadi. Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarning yo‘qotishlarini subsidiyalashga 732,2 mlrd so‘m, «Obod mahalla» dasturi uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
11 yanvar 2022, 17:16

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,00 so‘mga ko‘tarilib, 10 855,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Ba’zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun QQS imtiyozlari 4 oyga uzaytiriladi
11 yanvar 2022, 15:27

Ba’zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun QQS imtiyozlari 4 oyga uzaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qo‘shilgan qiymat solig‘i imtiyozlari bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2022 yil 30 aprelga qadar QQSdan ozod qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting