Iqtisodiyot

Yangi yilga viloyatlararo taksi narxlari qancha bo‘ladi?
24 dekabr 2021, 18:34

Yangi yilga viloyatlararo taksi narxlari qancha bo‘ladi?

Turli hududlardan Toshkentda tahsil oluvchi talabalar Yangi yil ta’tilidan oldin uylariga samolyot, poyezd, avtobus va yengil mashinalarda yetib olishadi. «Gazeta.uz» Toshkentdan O‘zbekistonning olis hududlaridan bo‘lmish Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga qaysi transport turlariga chiptalar qolganligi va taksilar narxi qanchagacha oshishi mumkinligini o‘rgandi.

Buyuk Britaniya kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarga kanalizatsiya tizimini quradi
24 dekabr 2021, 18:32

Buyuk Britaniya kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarga kanalizatsiya tizimini quradi

Buyuk Britaniyaning Metito Utilities Limited kompaniyasi Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Loyiha qiymati 90 mln dollarga baholanmoqda. obyektdan erkin foydalanish uchun davlat yiliga 9 mln dollar to‘laydi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
24 dekabr 2021, 17:25

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,02 so‘mga pasayib, 10 798,23 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

Sardobada zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlashga 4,4 mlrd so‘m ajratildi
24 dekabr 2021, 16:00

Sardobada zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlashga 4,4 mlrd so‘m ajratildi

Sirdaryo viloyati hokimi farmoyishiga ko‘ra, Sardoba toshqini oqibatiida zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, ta’mirlash ishlari uchun respublika budjetidan 4,4 mlrd so‘m ajratildi.

UzAuto Motors yozda o‘z Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda
24 dekabr 2021, 13:12

UzAuto Motors yozda o‘z Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda

2022 yil yozi o‘rtalarida UzAuto Motors yangi Tracker avtomobilining kichik uzelli yig‘ishni boshlashni rejalashtirmoqda. Mahalliylashtirish darajasining eng kamida 50 foizni tashkil etishi hamda yiliga 80 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

20 avgust Tadbirkorlar kuni etib belgilandi
23 dekabr 2021, 23:40

20 avgust Tadbirkorlar kuni etib belgilandi

Shavkat Mirziyoyev 20 avgustni Tadbirkorlar kuni etib belgilashga oid qonunni imzoladi. Joriy yilning ayni shu kuni prezident mamlakat ishbilarmonlari bilan uchsharuv o‘tkazgan edi. Endi ochiq muloqot har yili bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi
23 dekabr 2021, 15:15

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi

11 oy yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi pandemiyagacha bo‘lgan darajadan oshib, qariyb 38 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltin, rangli metallar va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Rossiya bir necha yildan beri ilk marta Xitoyni O‘zbekistonning import bo‘yicha hamkorlarining birinchi qatoridan siqib chiqardi.

Qozog‘iston O‘zbekistondan tovarlar importini cheklamaydi
23 dekabr 2021, 14:31

Qozog‘iston O‘zbekistondan tovarlar importini cheklamaydi

Qozog‘iston qozog‘istonlik iste’molchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani sababli O‘zbekistondan import qilinadigan tovarlarga cheklov qo‘ymoqchi emas. Shu bilan birga, Savdo vazirligi O‘zbekiston tomonining ayrim cheklovlari haqida ma’lum qildi.

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident
22 dekabr 2021, 21:42

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident

«Muruntov» konidagi oltin zaxiralari 3 ming tonnaga yetmasa, Olmaliqdagi «Yoshlik-1» konida — 5 ming tonnadan ko‘proq, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. «Biz shunchalik yer osti boyliklarimiz borligini bilmagan edik. Sizlar bilmaysizlar qanchalar boy odam ekanligingizni, qanday yer osti boyliklari ustida yashayotganingizni», — dedi davlat rahbari.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
22 dekabr 2021, 21:14

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistonda yagona besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. 3,1 gektarda joylashgan 8 qavatli mehmonxonada jami 300 ta standart, lyuks va yarim lyuks xonalar, konferensiya va banket zallari mavjud. Savdo barcha uchun ochiq bo‘lishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda 2021 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3 barobarga oshdi
22 dekabr 2021, 17:59

O‘zbekistonda 2021 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3 barobarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3, mahsulotlar eksporti esa 1,9 barobarga ortdi. Shuningdek, 20dan ortiq turdagi harbiy va ikki maqsadda qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

O‘zbekistonda 11 oy davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarildi
22 dekabr 2021, 12:20

O‘zbekistonda 11 oy davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 10 oy ichida 110,2 mln dollarlik 300 mln litrdan ortiq benzin import qilingan.

Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo‘ldi
22 dekabr 2021, 10:55

Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo‘ldi

Poytaxtdagi Matbuot uyi («Gazeta korpusi») binosi sotuvdan olindi va u OAV, shu jumladan bosma nashrlar ixtiyorida qoldirilishi ma’lum qilindi. Bino O‘zA balansiga o‘tkazilishi mumkin. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning so‘zlari ko‘ra, ushbu masala davlat rahbarining nazoratida turibdi.

Baliq yetishtiruvchi xonadonlarning yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev
21 dekabr 2021, 17:16

Baliq yetishtiruvchi xonadonlarning yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga soliqlardan ozod etiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» e’lon qilgan 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 ta kompaniya qatnashdi
21 dekabr 2021, 16:36

«O‘zsanoatqurilishbank» e’lon qilgan 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 ta kompaniya qatnashdi

«O‘zsanoatqurilishbank» banki e’lon qilgan qariyb 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 kompaniya ishtirok etgan. Bank ushbu kompaniyalar o‘zaro afillanmaganligini ma’lum qildi.

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi
21 dekabr 2021, 15:06 30

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi

Prezidentning yangi qarori bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’etlariga imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Yagona elektron platforma orqali ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlar platformadagi «marketpleys» tizimi yordamida sotib olinadi.

O‘zbekistonda tadbirkorlikni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ishga tushirildi
21 dekabr 2021, 14:15

O‘zbekistonda tadbirkorlikni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTD raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish loyihasini ishga tushirdi. Uning umumiy qiymati — 2,1 mln dollar.

UzAuto Motors 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarni chaqirib oladi
21 dekabr 2021, 10:36

UzAuto Motors 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarni chaqirib oladi

UzAuto Motors kompaniyasi 5−17-dekabr kunlari ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati tufayli qaytarib olinishini e’lon qildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
20 dekabr 2021, 17:41

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 828,37 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

UzAuto Motors fevralgacha to‘rtta mashina bo‘yicha ariza qabul qilishni to‘xtatdi
20 dekabr 2021, 09:41

UzAuto Motors fevralgacha to‘rtta mashina bo‘yicha ariza qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors 1 fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillariga arizalar qabul qilishni to‘xtatdi. Kompaniya bu vaqt ichida avvalgi buyurtmalar yetkazib berilishini ma’lum qilib, xaridorlardan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting