2021-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki oktabr oyida prognoz qilganidek, 6,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Jahon bankining “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotining yanvar sonida keltirib o‘tilgan (pdf).

Jahon banki, shuningdek, 2022 va 2023-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi mos ravishda 5,6 va 5,8 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.

2021-yil dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021 yilda YAIM o‘sishi 7 foiz, sanoatda — 9,5 foiz, xizmat ko‘rsatishda — 9,5 foiz, qurilishda — 6 foiz, qishloq xo‘jaligida — 4 foizni tashkil etgani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, inflyatsiya darajasi 10 foizdan past bo‘lganligi ta’kidlangan.

2022-yilda YAIM va sanoat o‘sishini 7 foizdan ortiqroqqa oshirish ko‘zda tutilmoqda.