Uzbekistan Airports kompaniyasi ASTRA DCS yo‘nalishidagi yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu tizim yordamida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan Namangan aeroporti Ural Airlines aviakompaniyasining Moskvaga parvoz qiladigan reysiga xizmat ko‘rsatdi. Yangi ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha ikkinchi reys ham 12 yanvar kuni Namangandan Yekaterinburgga amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

«Ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro‘yxatdan o‘tish tizimidan foydalangan. Kelajakda aeroportlarni o‘zining ro‘yxatga olish tizimi bo‘lishiga ehtiyoj bor edi», — deya keltirgan Uzbekistan Airports boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev.

Bunda yetkazib beruvchi — Rossiyaning Sirena Travel kompaniyasi ochiq tender natijalariga ko‘ra tanlangan.

«O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan yoki respublika aeroportlarida ularning tizimi o‘rnatilmagan barcha aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi», — dedi u.

Sirena Travel ma’lumotlariga ko‘ra, ASTRA DCS Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Gretsiya, Misr, Isroil va Meksika kabi davlatlardagi 320 dan ortiq aeroportlarda ishlaydi.