Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 12 yanvardan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 15,00 so‘mga ko‘tarildi va 10 855,02 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 24,59 so‘mga ko‘tarildi va 12 303,08 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,27 so‘mga ko‘tarildi va 144,92 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 840,02 so‘mni tashkil etgandi.