30 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan 2022 yil uchun shahar va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi, bu 2021 yil uchun qabul qilinganidan 1,97 trln so‘mga (+48,5 foiz) ko‘pdir. E-Qaror portalida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzolagan asosiy moliyaviy hujjat e’lon qilindi.
№ | Ko‘rsatkichlar | 2021 | 2022 |
1. | Yalpi hududiy mahsulot, mlrd so‘m | 89 105 | 120 068 |
2. | Yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’ati, % | 11 | 7,5 |
3. | Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati, % | 6,3 | 6,3 |
4. | Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sish sur’ati, % | 12,6 | 30,1 |
5. | Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati, % | 7,3 | 8,5 |
Prognozga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,5 foizga — 120 trillion so‘mgacha, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 6,3 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasi — 30,1 foizga, chakana savdo hajmi — 8,5 foizga o‘sishi ko‘zda tutilmoqda.
2022 yil uchun Toshkent shahri shahar budjeti daromadlari prognozi
ming so‘m | ||||
№ | Ko‘rsatkichlar | 2021 | 2022 | O‘sish, % |
Jami | 2 924 431 471 | 4 428 730 322 | 51,4 | |
1 . | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i | 135 271 350 | 213 889 050 | 58,1 |
2 . | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | 271 980 450 | 373 331 100 | 37,3 |
3 . | Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq | 93 034 437 | 374 434 000 | 4 barobar |
4 . | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 313 565 912 | 728 836 000 | 2,3 barobar |
5 . | Yuridik shaxslar yer solig‘i | 419 733 154 | 586 846 000 | 39,8 |
6 . | Aylanmadan olinadigan soliq | 662 286 746 | 586 846 000 | -11,4 |
7 . | Davlat boji | 415 485 200 | 513 919 900 | 23,7 |
8 . | Jarimalar | 151 507 000 | 256 094 000 | 69,0 |
9 . | Davlat tashkilotlarining sof foydasidan daromad | 51 263 222 | 181 290 000 | 3,5 barobar |
10 . | Yig‘imlar | 410 304 000 | 520 771 000 | 26,9 |
11 | Xususiylashtirish | 100 000 000 | ||
12 | Boshqalar | 11 573 272 |
Poytaxt budjeti tumanlarni hisobga olmaganda 4,43 trln so‘mni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 52,3 foizga ko‘pdir. budjet daromadlarining asosiy qismi yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobiga — 728,8 mlrd so‘m yoki 16,4 foizga (o‘tgan yili 313,5 mlrd so‘m) to‘g‘ri keladi.
2022 yilda soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilganiga qaramay, soliq solinadigan baza uchun minimal qiymat (Toshkent shahrida — 1 kvadrat metr uchun 2,5 million so‘m) joriy etilishi hisobiga tushumlar 2,3 barobarga oshadi (DSQ rahbari buning qanday amalga oshirilishni tushuntirdi).
budjet daromadlarining ikkinchi asosiy manbai aylanma solig‘i tashkil etadi — 586,8 mlrd so‘m (662,3 mlrd so‘m), tushumlar hajmi 11,4 foizga kamayadi. Keyingi o‘rinda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i — 567,7 mlrd so‘m (419,7 mlrd so‘m), 35,2 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat bojlari tushumlarining 513,9 mlrd so‘mgacha (+36,6 foiz) va jarimalarning — 256,1 mlrd so‘mgacha (+69 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotishdan budjetga 374,4 mlrd so‘m yoki 2021 yilga nisbatan 4 barobar ko‘p aksiz solig‘i tushishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda yana bir tushum manbasi — xususiylashtirish bo‘lib, 100 mlrd so‘m daromad keltirishi kutilmoqda.
2022 yilda shahar budjetining (tumanlardan tashqari) xarajatlari 4,43 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.
Xususan, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi kreditini qoplash uchun to‘lovlar davom ettiriladi. Buning uchun 2020 yilda 66,4 mlrd so‘m, 2021 yilda 71,3 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 69 mlrd so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mehmonxona qurilishiga 205 mln dollar, jumladan, Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi hisobidan 100 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Mehmonxonani xususiylashtirish rejalashtirilgan.
Pensionerlarning metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha va maksimal tariflarda (prezidentning 2021 yil 16 oktabrdagi PQ-5260-son qarorida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda) tekin harakatlanishidan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun 116,5 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yilda pensionerlar uchun bepul harakatlanishi atigi 9,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Jamoat transportining yo‘qolgan daromadlarini (transport kartalaridan foydalanish hisobiga), shuningdek, maksimal tariflar va yuklarni tashish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun 150 mlrd so‘m (259 mlrd so‘m) ajratildi.
«Obod mahalla» dasturiga O‘zbekiston prezidenti tomonidan 500 mlrd so‘m taqsimlanishi ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturga yana 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘rgan yo‘qotishlarini subsidiyalash uchun 732,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi, bu 2021 yilga nisbatan 68,5 foizga ko‘pdir. Eslatib o‘tamiz, endilikda Toshkent shahridagi iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlarining tartibga solinadigan tariflari Fransiyaning Veolia kompaniyasi taqdim etgan hisob-kitoblarga ko‘ra, xalq deputatlari shahar kengashi qarori bilan 1 mayga qadar tasdiqlanadi.
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarni ta’mirlash va yangilash uchun 85,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. 2021 yil boshida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘p qavatli uylarda liftlarni ta’mirlash va o‘rnatishda «Texnopark»ning (ta’sischisi Toshkent hokimligi) monopoliyaciga qarshi chiqqan edi.
2022 yilgi Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlari daromadlar va xarajatlar prognozlari
№ | Tumanlar va shaharlar nomi | 2021 yildagi daromadlar | 2022 yildagi daromadlar | O‘sish, % |
Jami | 4 068 619 422 | 6 044 667 322 | 148,6 | |
1 . | Toshkent shahri | 2 924 431 471 | 4 428 730 322 | 151,4 |
2 . | Shayxontohur tumani | 113 478 813 | 157 083 389 | 138,4 |
3 . | Uchtepa tumani | 112 433 967 | 151 349 771 | 134,6 |
4 . | Chilonzor tumani | 115 028 625 | 158 073 167 | 137,4 |
5 . | Mirobod tumani | 78 071 851 | 106 959 437 | 137,0 |
6 . | Mirzo-Ulug‘bek tumani | 120 444 100 | 167 272 601 | 138,9 |
7 . | Yakkasaray tumani | 71 682 198 | 93 582 311 | 130,6 |
8 . | Olmazor tumani | 133 887 069 | 191 683 639 | 143,2 |
9 . | Yashnobod tumani | 117 351 315 | 165 547 012 | 141,1 |
10 . | Sergeli tumani | 99 362 927 | 116 779 544 | 117,5 |
11 . | Bektemir tumani | 36 421 372 | 53 191 928 | 146,0 |
12 . | Yunusobod tumani | 139 740 575 | 187 102 989 | 133,9 |
13 . | Yangihayot tumani | 6 285 139 | 67 311 212 | 1071,0 |
2021 yilda tumanlar orasida Yunusobod eng ko‘p daromad olgan bo‘lsa, bu yil eng ko‘p daromad Olmazor tumanida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tumanlar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorlari
Foiz hisobida | ||||||
№ | Tumanlar nomi | Aylanmadan soliq | Yakuniy iste’molilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasi qilishdan soliq | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | Yuridik shaxslar yer solig‘i | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq |
1 | Shayxontohur tumani | 28 (oldin 15) | 20 (100) | 8 (10) | 8 (10) | 100 |
2 | Uchtepa tumani | 28 (33) | 84 (100) | 9 (10) | 9 (10) | 100 |
3 | Chilonzor tumani | 28 (30) | 20 (100) | 6 (10) | 7 (10) | 100 |
4 | Mirobod tumani | 28 (5) | 11 (50) | 6 (5) | 10 (5) | 100 |
5 | Mirzo-Ulug‘bek tumani | 28 (31) | 96 (100) | 10 (10) | 10 (10) | 100 |
6 | Yakkasaray tumani | 28 (11) | 14 (80) | 5 (10) | 6 (10) | 100 |
7 | Olmazor tumani | 28 (34) | 100 (100) | 28 (20) | 31 (20) | 100 |
8 | Yashnobod tumani | 28 (10) | 55 (70) | 9 (10) | 7 (10) | 100 |
9 | Sergeli tumani | 28 (15) | 30 (70) | 7 (10) | 10 (10) | 100 |
10 | Bektemir tumani | 28 (10) | 10 (10) | 6 (5) | 7 (5) | 100 |
11 | Yunusobod tumani | 28 (18) | 72 (100) | 7 (10) | 10 (10) | 100 |
12 | Yangihayot tumani | 28 (10) | 83 (100) | 10 (10) | 10 (10) | 100 |
Hujjat bilan davlat soliqlaridan hududiy budjetlarga ajratmalarning yangilangan standartlari tasdiqlandi. 2022 yilda deyarli barcha soliqlardan ajratmalar ulushi kamaymoqda.