Iqtisodiyot

«O‘zbekneftgaz» va Uzbekistan Airways xususiylashtiriladi, aeroportlar xususiy sektor boshqaruviga beriladi
9 aprel 2022, 15:03

«O‘zbekneftgaz» va Uzbekistan Airways xususiylashtiriladi, aeroportlar xususiy sektor boshqaruviga beriladi

«O‘zbekneftegaz», «Issiqlik elektr stansiyalari» va Uzbekistan airways kompaniyalarini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Qolaversa, UzAuto Motors aksiyalarining bir qismini sotish, Toshkent va hududiy xalqaro aeroportlarni xususiy sektor boshqaruviga berish ko‘zda tutilgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi uning tarkibidan pudrat va ishlab chiqarish korxonalarini chiqarish orqali isloh qilinadi.

Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni
9 aprel 2022, 13:24

Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni

Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» transformatsiya qilinadi
9 aprel 2022, 12:14

«O‘zbekiston temir yo‘llari» transformatsiya qilinadi

Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tarif siyosatini takomillashtirish va tashuvlarni franshiza asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev avgustda kompaniya rahbariga yuk tashishdagi monopoliyani bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma bergandi, biroq hozirgacha o‘zgarish bo‘lmadi.

Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi
9 aprel 2022, 11:21

Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi

Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi.

O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan tiklanmoqda — Turizm vazirligi
8 aprel 2022, 19:55

O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan tiklanmoqda — Turizm vazirligi

Toshkentdagi mehmonxona va hostellar bandligi mart oyining so‘nggi kunlarida 83,6 foizni, respublikada esa 70,8 foizni tashkil etdi. Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu raqamlar turizm sohasining tiklanishidan dalolat beradi. Yil oxirigacha O‘zbekistonda 4,5 milliongacha sayyoh kelishi kutilmoqda.

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizgacha tushirdi
8 aprel 2022, 17:40

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizgacha tushirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 20 foizdan 17 foizga tushirishga qaror qildi. Regulyator buni inflyatsiyaning sekinlashishi, jumladan, rublning mustahkamlanishi bilan izohladi. Mamlakat Markaziy banki yaqin kelajakda stavkalarni yanada pasaytirishga ruxsat berishi mumkin.

Rublning rasmiy kursi oxirgi ikki yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi
8 aprel 2022, 16:52

Rublning rasmiy kursi oxirgi ikki yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayib, 11 344,69 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi. Rubl kursi esa ko‘tarilib, 147,94 so‘mni tashkil qildi.

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda
7 aprel 2022, 13:58

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda

Namangan viloyatining Norin tumanida mahalliy hokimiyat Iftihor Kiyim Sanoat klasterini boshqa bir klaster — Uztex Uchkurgan bilan uch yildan buyon ishlab kelayotgan fermer xo‘jaliklariga biriktirmoqchi bo‘lmoqda. Klasterlarni o‘zgartirish bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan imzolangan yig‘ilish yopiq bayonnomasida ko‘zda tutilgan. Uztex 2022 yil uchun fermerlar bilan tuzilgan shartnomalarning bir qismini moliyalashtirgani, biroq viloyat hokimi yon berishni istamaganini ma’lum qildi. Fermerlarning aytishicha, ular joriy klasterdan mamnun. Iftihor Kiyim Sanoat esa «bu yerlarni so‘ramaganliklarini» bildirdi.

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB
7 aprel 2022, 12:50

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB

OTB prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi sekinlashib, 4% ni tashkil etishi kutilmoqda. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda xususiy iste’molning qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi kengayishining cheklanishi bilan izohlangan. Bank mamlakatga «yashil o‘sish» va xususiy sektorning rivojlanishi yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mart oyidagi yog‘ingarchilikning hosilga ta’sirini baholadi
7 aprel 2022, 11:36

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mart oyidagi yog‘ingarchilikning hosilga ta’sirini baholadi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari mart oyidagi noqulay ob-havo sharoitining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’sirini o‘rgandi. Sovuq havo va yog‘ingarchiliklar ayrim hududlarda mevali bog‘larning kurtak novdalariga qisman salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Uzumzorlar, ertaki ekilgan kartoshka va sabzavot ekinlari zarar ko‘rmagan.

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi
7 aprel 2022, 10:54

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo (111 km) va Buxoro (87 km) viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘larini ajratmoqda.

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi
7 aprel 2022, 10:29

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi

6 aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya hamda «Katta yettilik» mamlakatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Sberbank» va Alfa-bank aktivlari muzlatiladi, Rossiyaga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Dmitriy Medvedev, Vladimir Putinning qizlari, Sergey Lavrovning turmush o‘rtog‘i va qizi ham sanksiyaga tushgan. Batafsil «Gazeta.uz» materialida.

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda
6 aprel 2022, 18:14

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,51 so‘mga pasayib, 11 370,56 so‘mni tashkil qildi. Shunindek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

12 — 15 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik darslari bo‘lib o‘tadi
6 aprel 2022, 17:15

12 — 15 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik darslari bo‘lib o‘tadi

«Global Money Week-2022» doirasida Markaziy bank tomonidan 12−15 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilinadi. Mahorat darslari har bir viloyatning «Yoshlar markaz"larida o‘tkaziladi. Darslarda qatnashuvchilarga pul bilan to‘g‘ri munosabatlar haqida bilim va ko‘nikmalar berilishi aytildi.

OAV: O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi
6 aprel 2022, 17:02

OAV: O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi

UzAuto Motors sanksiyalar rejimiga amal qilish doirasida Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Eurasianet.

O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
6 aprel 2022, 16:07

O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Butunjahon oltin kengashining oylik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston fevral oyida 22 tonna oltin sotgan holda dunyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. 1 mart holatida O‘zbekistonning oltin zaxiralari 339 tonna yoki 20,72 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Korrupsiyaviy jinoyatlarning uchdan birini sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari sodir etgan — Senat raisi
6 aprel 2022, 15:28

Korrupsiyaviy jinoyatlarning uchdan birini sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari sodir etgan — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayeva korrupsiyaviy jinoyatlarning har uchtadan bittasi sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri poraxo‘rlik emas, balki firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlari ko‘paygani aytildi.

Yevropaga tayyor mahsulot eksport qilganlarga tashish xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi
6 aprel 2022, 13:36

Yevropaga tayyor mahsulot eksport qilganlarga tashish xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi

Prezident farmoni bilan 1 apreldan mahalliy korxonalarga Yevropa Ittifoqiga yuqori qo‘shilgan qiymat mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizi, qo‘shni davlatlarga tashishda esa xarajatlarning 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Qolaversa, bojxona omborida 6 oy turgan tovarlarga imtiyoz qo‘llashni taqiqlovchi tartib ham bekor bo‘ldi.

O‘zbekistonning savdo balansi defitsiti nega o‘sib bormoqda va uni qanday bartaraf etish mumkin?
6 aprel 2022, 11:05

O‘zbekistonning savdo balansi defitsiti nega o‘sib bormoqda va uni qanday bartaraf etish mumkin?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda savdo balansi defitsiti ortib bormoqda. Mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajman qisqarishi xavfi kuchaymoqda, O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri Rossiyada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning ushbu mamlakatga eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Iqtisodiyot fanlari doktori, JIDU professori Nishonboy Sirojiddinov O‘zbekistonning yaqin kelajakdagi makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash imkonini beruvchi iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini tahlil qiladi.

O‘tgan 3 oyda 25 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan
6 aprel 2022, 10:53

O‘tgan 3 oyda 25 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

Yanvar-mart oylarida ulgurji iste’molchilar tomonidan 28 mln kubdan ortiq tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani ma’lum qilindi. Bu bilan gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting