Turizm va madaniya meros vazirligi mart oyida O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni o‘rtacha band qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatganini ma’lum qildi.

Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm industriyasining o‘sishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi, deb hisoblaydi Turizm vazirligi.

28−30 mart kunlari — uch kunlik davrdagi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkentda 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019 yilda — 53,1 foizni, pandemiyaning o‘tkir davrida — 22,1 foizni, o‘tgan yili bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan.

2019−2022 yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini ko‘rsatmoqda, garchi 2022 yilda bu ko‘rsatkich 15 foizga ortda qolayotgan bo‘lsa-da, xonalar soni 2019 yilga nisbatan 26 147 o‘rindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta mehmonxona xonasiga (21,7%) oshgan.

O‘zbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar — 23,4 foiz, qozog‘istonliklar — 18,9 foiz, tojikistonliklar — 14,4 foiz, turkiyaliklar — 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirg‘izistonliklar — 6,3 foiz, belarusliklar — 4,6 foiz, xitoyliklar — 3,2 foiz, fransiyaliklar — 1,7 foiz.

2019 yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarolari yashagan bo‘lib, umumiy ulushda eng ko‘p rossiyaliklar — 16,8 foizni, qozog‘istonliklar — 15 foizni, tojikistonliklar — 6,3 foizni, xitoyliklar — 6,1 foizni, afg‘onistonliklar — 5,7 foiz, turkiyaliklar — 5,5 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016 yildagi 8,8 milliondan 2019 yilda 14,7 millionga, 2021 yilda esa 15 milliondan oshgan.

So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda 833 ta yangi: yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirildi. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetdi. Bunda xonalar soni — 33,4 ming donani tashkil etayotgan bo‘lsa, undagi o‘rinlar — 71,2 taga yetkazildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan,deyiladi xabarda.

«Ayni paytda O‘zbekiston chet el sayyohlari uchun to‘liq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. O‘zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022 yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatimizga kirib kelishini ko‘rsatmoqda», — deya ma’lum qildi vazirlik.