Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 11 апрелдан amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

  • 1 AQSh dollari 17,82 so‘mga pasaydi va 11 344,69 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 44,37 so‘mgapasaydi va 12 331,68 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,85 so‘mga ko‘tarildi va 147,94 so‘mga teng bo‘ldi.

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kurslari oxirgi ikki yillikdagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bundan oldin, rublning eng yuqori ko‘rsatkichi 2020 yilning 14 yanvarda qayd etilib, unda 1 rubl 156,59 so‘mga teng bo‘lgandi.

Avvalroq, dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,05 so‘mga pasayib, 11 362,51 so‘mni, rubl kursi esa 11, 32 so‘mga ko‘tarilib, 147,09 so‘mga tashkil qilgandi.