O‘tgan 3 oyda iste’molchilar tomonidan 25 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz noqonuniy foydalanilgan. Energetika vazirligi shtabining tabiiy gazdan foydalanish holatlari bo‘yicha o‘z tahlillarida bu haqda so‘z boradi.

2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 765 ta holatda ulurji iste’molchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 28 mln 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanilgan.

Buning natijasida, gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 mlrd 831 mln so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz 4 mln xonadonning bir kunlik iste’moliga teng.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida aniqlangan.

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan, deyiladi xabarda.