Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.

Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Hozirga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 47 nafarga yetdi.

22 aprel kuni 93 nafar bemor tuzalib, o‘tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.