Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, 13 nafari Qoraqalpog‘istondan (11 nafari Nukus shahridan bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Bemorlarning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.