AQSH prezidenti Donald Tramp 22 aprel kuni mamlakatga immigratsiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Cheklov 60 kun muddatga joriy qilingan va kerak bo‘lganda yana uzaytirilishi mumkin, deyiladi Oq uyning rasmiy saytida.

Tramp mazkur cheklovni AQSH ishchilarini himoya qilish maqsadida joriy qilganini aytdi. Cheklov 60 kun davom etadi va keyin qayta ko‘rib chiqilib, ehtimolan uzaytirilishi mumkin. “Immigratsiyani to‘xtatib, biz ishsiz amerikaliklarga iqtisodiyotimiz qayta ochilganda ishga joylashda birinchi bo‘lib yordam beramiz” dedi u.

Qarorga muvofiq, shifokorlar, hamshiralar va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa mutaxassislar, shuningdek federal agentliklar tomonidan belgilangan yangi koronavirus bilan kurashish uchun “muhim” ishlarni amalga oshirish uchun mamlakatga kelgan boshqa immigrantlar istisno hisoblanadi.

Shuningdek, Amerika fuqarolarining turmush o‘rtoqlari va voyaga etmagan bolalari, H-1B viza dasturidagi malakali ishchilarga hamda EB-5 viza dasturidagi AQSHga sarmoya kiritishni istagan chet elliklarga ta’sir qilmaydi.

Bloombergning ma’lum qilishicha, ushbu qaror AQSHda doimiy yashash bo‘yicha ariza topshirayotgan kishilarga ta’sir qiladi, lekin amaldagi viza va boshqa ruxsatnoma egalariga emas.

The New York Times nashrining aniqlik kiritishicha, cheklovlar N-1 V vizasi bilan mamlakatga kelmoqchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishchilar va mutaxassislarga ta’sir qilmaydi. Bundan tashqari, YeV-5 viza dasturi bo‘yicha AQSHga tashrif etmoqchi bo‘lgan investorlar ham istisno hsioblanadi.

Vashingtonda joylashgan Migratsiya siyosati instituti tahliliga ko‘ri, Trampning qarori oyiga 20 mingdan ortiq kishining Grin karta olishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tramp milliy favqulodda holat e’lon qilganidan beri 22 milliondan ortiq amerikaliklar ishsizlik uchun yordam so‘rab murojaat qildi.