O‘zbekiston hukumatining 23 apreldagi qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida 2020 yilning 1 mayidan 31 dekabriga qadar tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Mazkur qaror mamlakatdagi ko‘plab qurilish ob’ektlarida ishlar to‘xtab qolgani natijasida sementga bo‘lgan talabning tushib ketgani hamda milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi.

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksportiga vaqtinchalik cheklovlar esa ichki bozorni barqaror ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda, deya qayd etiladi xabarda.