22 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, kun avvalida yangi tasdiqlangan holatlar 14 taga oshib, 1692 taga yetgani xabar qilingan edi. Shuningdek, bugun bir nafar bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etdi, 93 kishi kasallikdan to‘liq xalos bo‘ldi.