Koronavirus

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi
27 aprel 2020, 14:16

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 800 kishidan oshdi
27 aprel 2020, 13:21

Koronavirusdan tuzalganlar soni 800 kishidan oshdi

Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab tuzalganlar soni 804 kishiga yetdi.

Karantinda saqlash majmuasini boshqarish maxsus markazi tashkil etiladi
27 aprel 2020, 13:20

Karantinda saqlash majmuasini boshqarish maxsus markazi tashkil etiladi

Toshkent hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish bo‘yicha maxsus markaz tashkil etiladi.

Qozog‘istonda favqulodda holat 11 maygacha uzaytirildi
27 aprel 2020, 12:07

Qozog‘istonda favqulodda holat 11 maygacha uzaytirildi

Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat rejimi 11 may kuniga qadar uzaytiriladi. Hukumat ikkinchi oy uchun daromadlarini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 tenge miqdorida yordam berishini, 1 maydan poytaxt va Olmaota o‘rtasida aviareyslar tiklanishini hamda bir qator tuman va shaharlarda karantin rejimini yumshatilishini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
27 aprel 2020, 10:41

Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Koreya Respublikasi tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamining birinchi qismi Toshkentga yetib keldi. Unda umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PSR diagnostika test tizimlari joy olgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1887 nafarga yetdi
27 aprel 2020, 10:06

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1887 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 18 nafarga ortib, jami 1887 kishini tashkil etmoqda.

Chexiyada sud karantin choralari to‘g‘risidagi qarorni noqonuniy deb topdi
27 aprel 2020, 09:36

Chexiyada sud karantin choralari to‘g‘risidagi qarorni noqonuniy deb topdi

Praga sudi Chexiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan joriy etilgan koronavirusga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Gap fuqarolar harakatlanishi va ish yuritish erkinligini cheklash haqida bormoqda.

To‘rtta viloyatdan 24 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar 789 nafarga yetdi
27 aprel 2020, 08:58

To‘rtta viloyatdan 24 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar 789 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 789 nafarga yetdi.

Yana 58 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, 4 ta yangi holat qayd etildi
26 aprel 2020, 19:18

Yana 58 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, 4 ta yangi holat qayd etildi

Buxoroda — 50 nafar, Toshkentda — 8 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 765 nafarga yetdi. Yangi tasdiqlangan COVID-19 holatlari esa 4 taga oshib, 1869 taga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni hududlar kesimida
26 aprel 2020, 14:25

Koronavirus bemorlari soni hududlar kesimida

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 1865 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, eng kami esa Navoiy va Jizzaxda — COVID-19 holatlari soni hududlar kesimida.

Respublika bo‘yicha jami 242,5 mingta koronavirus testi o‘tkazildi
26 aprel 2020, 13:44

Respublika bo‘yicha jami 242,5 mingta koronavirus testi o‘tkazildi

Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda o‘tgan kuni 8579 ta, shu vaqtga qadar 242536 ta koronavirus testi o‘tkazildi.

Toshkentda davolanayotgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berildi
26 aprel 2020, 13:39

Toshkentda davolanayotgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berildi

Toshkentda davolanayotgan 336 nafar koronavirus bemoridan 11 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.

JB O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratdi
25 aprel 2020, 16:07

JB O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 95 mln dollar miqdorida favqulodda moliyalashtirish mablag‘ini taqdim etdi. Ular sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash hamda kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 700 kishidan oshdi
25 aprel 2020, 15:53

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 700 kishidan oshdi

Farg‘onada 22 nafar, Xorazmda 16 nafar, Qoraqalpog‘istonda 10 nafar va Toshkent shahrida 2 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, mamlakat bo‘ylab jami tuzalganlar soni 707 kishiga yetdi.

Buxoroda 32, Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar koronavirus bemori sog‘aydi
25 aprel 2020, 14:22

Buxoroda 32, Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

Buxoroda 32 nafar, Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar koronavirus bemori sog‘aydi. Jami sog‘ayganlar 657 kishiga yetdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1836 nafarga yetdi
25 aprel 2020, 10:10

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1836 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 32 nafarga ortib, jami 1836 kishini tashkil etmoqda.

Koronavirus holatlari soni 1800 tadan oshdi
24 aprel 2020, 23:48

Koronavirus holatlari soni 1800 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan bemorlar soni 26 nafarga oshib, jami tasdiqlangan holatlar 1804 taga yetdi.

“XVJ kredit ajratish uchun qo‘shimcha shartlar qo‘ymaydi” — moliya vaziri o‘rinbosari
24 aprel 2020, 23:42

“XVJ kredit ajratish uchun qo‘shimcha shartlar qo‘ymaydi” — moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov XVJ 375 million dollar miqdorida kredit ajratishda O‘zbekistonga qo‘shimcha shartlar qo‘ymasligini va islohotlarni davom ettirishni talab qilayotganini aytdi. Shuningdek, u boshqa qarzlar tafsilotlariga ham to‘xtaldi.

Faoliyatini davom ettirayotgan savdo korxonalari uchun sanitariya talablari
24 aprel 2020, 23:15

Faoliyatini davom ettirayotgan savdo korxonalari uchun sanitariya talablari

Karantin choralarini yumshatish maqsadida faoliyatiga ruxsat berilgan savdo korxonalari uchun sanitariya talablari e’lon qilindi. Korxonalar har bir xaridor orasida 2 metr oraliq masofani saqlashlari, dezinfeksiyalash uchun maxsus o‘tish joylarini o‘rnatishlari va boshqa talablarga rioya qilishlari kerak.

Karantin vaqtida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari e’lon qilindi
24 aprel 2020, 22:50

Karantin vaqtida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari e’lon qilindi

Karantin choralarini yumshatish doirasida qurilish materiallari bozorlari, hunarmandlar, tijorat banklari shahoblachari, notaral idoralar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa ko‘plab tashkilotlarning faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Ruxsat berilgan tadbirkorlar sanitariya-epidemiologiya talablari asosida ishlarini tashkillashtirishlari belgilangan.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting