Koronavirus

Kun davomida 597 kishida koronavirus aniqlandi
16 sentabr 2020, 23:54

Kun davomida 597 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 597 ta koronavirus holati aniqlanib, jami holatlar soni 49 162 taga yetdi.

Vanihoyat dezinfeksion tunnellar taqiqlandi
16 sentabr 2020, 10:26

Vanihoyat dezinfeksion tunnellar taqiqlandi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Sentyabr oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligi tunnellarni foydasiz degan edi. JSST bu haqda bahordayoq ta’kidlagan.

Kun davomida 570 kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 572 ta)
15 sentabr 2020, 23:50

Kun davomida 570 kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 572 ta)

O‘zbekistonda 15 sentyabr kuni 570 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlandi. Bir kun muqaddam bu ko‘rsatkich 572 tani tashkil etgan edi. Jami holatlar soni esa 48,5 mingdan oshdi.

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda
15 sentabr 2020, 22:48

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda

Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.

FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagan — SSV
15 sentabr 2020, 22:29

FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagan — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgani aytilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan birida koronavirusni keltirib chiqaruvchi «SARS CoV-2» virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Koronavirus holatlari soni 48 mingtaga yaqinlashdi
15 sentabr 2020, 00:28

Koronavirus holatlari soni 48 mingtaga yaqinlashdi

14 sentyabr kuni O‘zbekistonda 572 ta koronavirus holati qayd etildi. Jami aniqlangan COVID-19 holatlari soni 48 mingtaga yaqinlashdi.

FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlaridan vafot etdi
14 sentabr 2020, 14:45

FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ikki nafar xodim koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.Jabbarov 12 sentyabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Akimov 14 sentyabr kuni olamdan o‘tgan.

Toshkentdagi qaysi maktablar kunduzgi darslarni qayta tiklaydi: ro‘yxat
14 sentabr 2020, 11:16

Toshkentdagi qaysi maktablar kunduzgi darslarni qayta tiklaydi: ro‘yxat

14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.

12 sentyabr kuni O‘zbekistonda 578 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi
13 sentabr 2020, 00:17

12 sentyabr kuni O‘zbekistonda 578 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi

12 sentabr kuni O‘zbekistonda 578 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi. Jami holatlar esa 46 850 taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston aniqlangan holatlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi, dunyoda 57-o‘rinni egallab turibdi.

Kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlandi
11 sentabr 2020, 23:56

Kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46,2 mingdan oshdi.

Bolalar bog‘chalari 14 sentyabrdan ochiladi
11 sentabr 2020, 11:17

Bolalar bog‘chalari 14 sentyabrdan ochiladi

Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.

10 ta hududda 248 kishi koronavirusga chalindi
11 sentabr 2020, 10:13

10 ta hududda 248 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonning 10 ta hududida 248 kishida koronavirus tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46 mingtaga yaqinlashdi. Eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahri (147 ta), Samarqand viloyati (47 ta), Andijon (14 ta) va Namangan (12 ta) viloyatlarida qayd etildi.

Kun davomida 749 kishida koronavirus aniqlandi
10 sentabr 2020, 23:58

Kun davomida 749 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kundirki koronavirus holatlari sonida ortish kuzatilmoqda. 10 sentyabr kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari 749 tani tashkil etdi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 45679 nafarga yetdi.

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 sentabr 2020, 21:11

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva 250 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-toroj qilish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash ayblari bilan qamoqqa olindi. U Chirchiqdagi go‘zallik salonida qo‘lga olindi. Avgustda u shifoxona uchun uskunalar hamda tibbiy xodimlar uchun mukofot pullari berilmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

KIAning eng yangi modellari O‘zbekistondagi zavodda ishlab chiqariladi
10 sentabr 2020, 16:53 2

KIAning eng yangi modellari O‘zbekistondagi zavodda ishlab chiqariladi

Noyabrda Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi choralarni qaytadan kuchaytirmoqda
10 sentabr 2020, 16:08

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi choralarni qaytadan kuchaytirmoqda

Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.

Koronavirus holatlari 45 mingdan oshdi
10 sentabr 2020, 10:07

Koronavirus holatlari 45 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 230 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2580 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 512 kishida koronavirus tasdiqlandi
9 sentabr 2020, 23:50

Kun davomida 512 kishida koronavirus tasdiqlandi

Kun davomida O‘zbekistonda 512 ta koronavirus holati qayd etildi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 443, ikki kun muqaddam — 312 ta edi.

O‘zbekistonda o‘lim darajasi iyul oyida 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga o‘sdi
9 sentabr 2020, 14:03

O‘zbekistonda o‘lim darajasi iyul oyida 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga o‘sdi

Iyul oyi bo‘yicha o‘lim holatlari soni so‘nggi to‘rt yilga nisbatan O‘zbekistonda 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga, Toshkent viloyatida 43,8%ga, Navoiy viloyatida 51,7%ga o‘sdi. «Gazeta.uz» so‘nggi besh yil ichida yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va koronavirus pandemiyasi davrida raqamlar qanday o‘zgarganligini tahlil qilib chiqdi.

Koronavirus holatlari 44,5 mingdan oshdi
9 sentabr 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 44,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 139 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 94 foizni va davolanayotganlar soni 2297 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting