Siyosat

dayjest

Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yog‘ va boshqa mahsulotlar bor.


Iqtisodiyot

dayjest

1,5 mlrd dollar: O‘zbekiston jahon moliya bozorlariga navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.


dayjest

O‘zbekiston Kaspiy dengizida gaz qazib olish bo‘yicha Ozarbayjon loyihasiga qo‘shilishi mumkin

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Ozarbayjonda gaz qazib olish loyihasiga qo‘shilishi mumkin, deya ma’lum qildi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov. Gap Kaspiy dengizidagi “Shah-Deniz” loyihasi haqida ketmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va Ozarbayjon tijoriy onlayn platformani yaratmoqchi — Laziz Kudratov

O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumati tadbirkorlar uchun onlayn-tijorat platformasini yaratish va 1 mlrd dollarlik savdo aylanmasiga erishishni rejalashtirmoqda, dedi investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov. U, shuningdek, Ozarbayjon rahbarining avgust oyida Toshkentga tashrifi reja qilinganini aytdi.


dayjest

UNG Petro, Chinoz NQIZ va “O‘zbekneftgaz"ning neft uskunalari qanchaga baholanadi?

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Chinoz NQIZni sotish 2024-yil ikkinchi choragi uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Bir necha oy oldin “O‘zbekneftgaz"dan ushbu obyektlarni boshqa kompaniya sotib olgani xabar qilingandi. Ko‘rsatilgan narx (neft uskunalari bilan birga) — 70 mln dollar.


Jamiyat

dayjest

23−26-may kunlari tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel toshqini xavfi mavjud

23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.


dayjest

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.


dayjest

IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.


dayjest

World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi

Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Urganch va Toshkent shaharlaridan Madridga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Ilk parvoz 23-mayda amalga oshiriladi.


dayjest

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.


dayjest

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.


dayjest

O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aholining murojaatlari uchun call-markaz ochish topshirildi.


dayjest

DXX fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.


dayjest

O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan

2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.


dayjest

Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.


dayjest

Samarqandda 70 yoshli mast haydovchi 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, — dedi u.


dayjest

Toshkent viloyatida mahkumni boshqa koloniyaga ko‘chirishni va’da qilganlar ushlandi

Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.


dayjest

31-may, 1−2-iyun kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 31-may, 1−2-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Turkolog va tarjimon Ramiz Asqar vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, turkolog va tarjimon Ramiz Asqar 70 yoshda vafot etdi. U Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari va “Xamsa"sini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, Bokuda chop ettirgan. “Do‘stlik” ordeni sohibining ozarbayjonchaga o‘girgan “Boburnoma” asari Islom Karimovga sovg‘a qilingan.


dayjest

Namanganda obodonlashtirish xodimlarini aldab, ularning nomiga kredit olgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida o‘zini hokimlik ishchisi sifatida tanishtirib, obodonlashtirish boshqarmasining 4 nafar ayol xodimasini aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. U 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


dayjest

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigini urgan bolani kaltakladi

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


dayjest

Shaffof gaz “zapravka"lari egalari va xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi

Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.


Jahon

dayjest

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Bu bilan Yevropa Ittifoqining Falastinni tan olgan davlatlari soni 13 taga yetdi. Qaror ortidan Isroil Norvegiya va Irlandiyadan elchilarini chaqirib olishi aytildi.


dayjest

Qator YI davlatlari “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun tufayli Gruziyaga qarshi sanksiyalar kiritmoqchi — FT

Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun tufayli Gruziyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilmoqchi. Ehtimoliy cheklovlar qatoriga Gruziya fuqarolari uchun YIda vizasiz rejimni bekor qilish kiradi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!