Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston tomonidan navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Afg‘oniston shimolida may oyi boshida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, yuzlab kishi halok bo‘lgandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rgan.

Yordam tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1000 litrli 96 ta suv saqlash idishi o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston tomoni vakillari yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi, deyiladi xabarda.

Foto

афғонистон, insonparvarlik yordami

афғонистон, insonparvarlik yordami

афғонистон, insonparvarlik yordami

афғонистон, insonparvarlik yordami

афғонистон, insonparvarlik yordami