23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi munosabati bilan sel toshqini xavfi mavjud, deb xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

23-may kuni cho‘l hududlarda, 24−26-may kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

“Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.