O‘zbekistondagi muzeylarga 2023-yil davomida 5,7 mln (2022-yilga nisbatan 800 mingtaga kam) kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Eng ko‘p odam tashrif buyurgan mamlakatdagi 5 ta muzeyga:

  • Registon ansambli — 1 million 10 ming 800 kishi;
  • Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi — 1 million 6 ming 600 kishi;
  • G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi — 648,5 ming kishi;
  • Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi — 448,4 ming kishi;
  • Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi — 390,3 ming kishi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, muzeylarga 2020-yilda — 1,5 mln kishi, 2021-yilda 5,1 mln kishi, 2022-yilda esa 6,5 mln kishi tashrif buyurgan.