Siyosat

dayjest

Eron prezidentining vertolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston TIV xavotir bildirdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ndi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi.


dayjest

Ohangaron tumanida hokim almashdi

2023-yil avgust oyidan beri Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga hokimlik qilib kelgan Erkin Muhitdinov lavozimidan ozod etilib, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Uning o‘rnini viloyat hokimi yordamchisi Doniyor Madirimov egalladi.


dayjest

Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat axborot almashinuvi, harbiy-texnik yordam olish va boshqa masalalarni qamrab oladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senat davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Mansabdorlar davlat mulkini shartnoma tuzmasdan ijaraga bergan, ijarachining mulkni qabul qilib olishiga asossiz to‘sqinlik qilgan va boshqa hollarda jarimaga tortiladi.


dayjest

Petronas O‘zbekistonda gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita loyihani amalga oshiradi

Malayziyaning Petronas neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistonda gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita yirik loyihani amalga oshirishda ishtirok etadi, deb ma’lum qildi investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov. 10 yil avval kompaniya O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopgan va barcha loyihalardan voz kechgandi.


dayjest

Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansi va davlat suv kadastrini yuritadi

Prezident barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yuritish va davlat suv kadastrini tashkil etish uchun Suv xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgiladi. Vazirlik tarkibida Ekspluatatsiya agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilmoqda.


Jamiyat

dayjest

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj

Namangan shahri bo‘ylab 63-xalqaro gullar festivalining ilk kunida gullarga burkangan avtokarvon yurib o‘tdi. Bayram arafasida 45 mln tupdan ziyod gul va buta ekildi. Bu yil an’anaviy tadbirda 6 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” 23-iyungacha davom etadigan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.


dayjest

Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” faoliyati yuzasidan tekshiruv tayinlandi.


dayjest

Payshanbadan O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Yomg‘irli va salqin o‘tgan dam olish kunlaridan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab chorshanbagacha quruq ob-havo hukm suradi, harorat 24−29 darajagacha isiydi. Payshanbadan boshlab ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.


dayjest

“Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga hukm o‘qildi

Sud 2023-yil oxirida Toshkentda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Alibek Fayziyev 12 yilga va Olimjon Amonov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topildi.


dayjest

Samarqandda 6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi “samosud” qilindi

Pastdarg‘om tumanida 15 yoshli bola 6-sinf qizga sevishini aytgani uchun qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi. Yigit bolaning sochi va qoshini qaychi bilan qirqqan va tan jarohati yetkazgan. Samarqand viloyati IIB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.


dayjest

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.


dayjest

Surxondaryoda tuman sudi raisi YTHga uchrab jarohat olgani, uning sherigi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda Denov tuman sudi raisi YTHga uchragani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda u jarohat olib, mashinadagi sherigi vafot etgan. Xizmat tekshiruvida sud raisi Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgan deb topilgan va vakolati muddatidan avval tugatilgan. Buning tergovga daxli yo‘qligi aytilmoqda.


dayjest

Farg‘onada avtomashinadan noqonuniy olib kirilgan 270 dona smartfon aniqlandi

Farg‘ona tumanida Cobalt avtomashinasidan qiymati 367 mln so‘m bo‘lgan 270 dona Xitoyning Tecno Spark smartfoni topildi.


dayjest

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta'minot"ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.


dayjest

Toshkent viloyatida mamlakatga to‘pponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi

Bojxonachilar Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida transport vositasi yukxonasidan 1 dona Makarov pistoleti, harbiy anjomlar va tig‘li sovuq qurollar topdi.


dayjest

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi

Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va Shon-sharaf davlat muzeyida 20-maydan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi. Shu sababli bog‘ga kirish kirish vaqtinchalik to‘xtatildi.


dayjest

Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi ketma-ket ikki kecha yopiladi

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 21−22-may kechasi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi. Xarita.


Madaniyat

dayjest

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyidagi qator suratlar restavratsiya qilindi

Fransiya Milliy meros instituti va O‘zbekiston Madaniy meros agentligining qo‘shma dasturi doirasida rassom O‘rol Tansiqboyevning 18 ta asari restavratsiya qilindi.


Sport

dayjest

Diyora Keldiyorova yana jahon chempionatida kumush medal oldi. Uning finalgacha bo‘lgan yo‘li

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova ikkinchi marta jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. U finalda azaliy raqibi italiyalik Odett Gyuffridaga mag‘lub bo‘ldi. Diyoraning chempionatdagi bahslari haqida batafsil tanishing (foto, video, statistika).


Jahon

dayjest

Eron prezidenti vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda Mehr agentligi. Unga ko‘ra, prezidentdan tashqari, tashqi ishlar vaziri hamda Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori ham halok bo‘lgan.


dayjest

Eron hukumati prezident vafotidan so‘ng bayonot berdi

Eron hukumati prezident Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida vafot etganidan so‘ng bergan bayonotida mamlakat boshqaruvida “hech qanday uzilishlar” bo‘lmasligiga ishontirdi. Prezidentning vazifalari, Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, birinchi vitse-prezident Muhammad Moxberga o‘tadi.


dayjest

Bishkekda mahalliy aholi va xorijliklar o‘rtasidagi mushtlashuv namoyishlarga sabab bo‘ldi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda mahalliy aholi va xorijliklar o‘rtasidagi mushtlashuv mehnat migrantlariga qarshi tartibsiz namoyishlar boshlanishiga sabab bo‘ldi. Voqea oqibatida kamida 29 kishi jarohatlandi.


dayjest

Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat. Tafsilotlar

19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar tuni bilan voqea joyini ko‘zdan kechirdi. Halokat ortidan mamlakatda 5 kunlik motam e’lon qilindi. Prezident vazifasini vaqtincha mamlakat birinchi vitse-prezidenti bajarib turadi. Batafsil.


dayjest

Gaaga sudining prokurori HAMAS yetakchilari va Isroil rahbariyatini hibsga olish uchun order berishni talab qildi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori HAMASning uch yetakchisi, shuningdek, Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!